9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

BILOLIDDIN BOLAM BILAN

notiq.uz > Arxiv  > BILOLIDDIN BOLAM BILAN

BILOLIDDIN BOLAM BILAN

Respublikamizning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari ishtirogidagi o‘quv seminari Xumsonda bo‘lib o‘tdi. Ular ochiq havo qo‘ynida o‘zaro diydorlashib hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar borasida fikr almashishdi. “Kamolot” YOIHning Xumsonda tashkil etgan lagerida bo‘lib o‘tgan o‘quv seminari bir hafta mobaynida barcha ma’naviyatchilarda iliq taassurot qoldirdi. Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasining direktori Azimboy YUsupov tinglovchilarga ma’ruza sabab Xumsonga borib kelishimizni aytgandi. O‘g‘lim Biloliddin va uning o‘rtog‘i bilan ertalab tayyor bo‘ldik. Azimboy bilan Xumson safari taassurotlarga boy bo‘ldi. Lagerni topgunimizga qadar 4 ta lagerni topdik. Nihoyat etib bordik. RMTM rahbar o‘rinbosari Gulchehraxon va Zokirjonlar bizni  kutib olishdi. Tushlikdan oldin menga ma’ruza qo‘yishgandi. Bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifat targ‘ibotchilari oldida ulkan vazifalar turgani xususida so‘zlab, targ‘ibotchilarning ta’sirli kuchi va mahorati borasida suhbatlashdik. Ularni qiziqtirgan savollariga javob berish orqali o‘zim ham teran fikrlarga ega bo‘ldim. Bir karra ta’lim berish ikki karra ta’lim olishdir degan mashhur fikrning isbotini tuydim. Ko‘p o‘tmay RMTM rahbari Qahramon Quronboev  tashrif buyurdilar. Ular shahar, tuman va viloyatlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etishda ko‘p muammolar mavjudligi, ularni bartaraf etish omillari borasida kuyunchaklik bilan so‘zladi. So‘ngra ma’naviyat targ‘ibotchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bilan rahbardan tegishli va aniq javoblarni olishdi. Tadbir tugagach, safarimiz qaridi. Poytaxtga qaytishda mashhur “Bochka”ning taomlari bilan Qahramon Qo‘chqorovich bizni siyladilar, mehmon qildilar. Xumsondagi YOshlar istirohatgohining rahbari Nuriddin xizmatchilik sabab biz borganda Toshkentga qaytganidan, uchrasholmaganidan afsuslandi, jumladan biz ham. Boshqa bir ma’naviy tadbirlar tashkil etilganda kelishimizni, uchrashishni va’da qildik, xolos. “Toza havo dardga davo, degan edi Bilol bovo” qo‘shig‘ini xirgoyi qilib qaytib keldik. Azimboy mashinani eldek uchirib haydadi. Go‘yo “Neksiya” rusumli mashina qanotlarini yozgandik bo‘ldi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.