Samodagi tanishuv
Til bilgan dil biladi, el taniydi. Haq gap. Xorazmga uchadigan navbatdagi reys e’lon qilingach, ro‘yxatga olish boshlandi. Zum o‘tmay, o‘zimizga tegishli o‘rindiqlarga joylashdik. Samolyotda turli millat vakillari bor edi. Samoda ham, erda ham tinchlik hukmron bo‘lsa, xalqlar orasida do‘stlik rishtalari mustahkam bo‘lishi aniq. Ular hoynahoy ertaknamo shahar Xivani ziyorat qilish uchun borayotgan turistlar edi. YOnimdagi o‘rindiqda o‘tirgan yigit menga o‘z tilida nimalardir dedi. Styuardessa jonimizga oro kirib bir birimiz bilan tanishimizga imkon tug‘dirdi. U mendan qaerlik ekanimni va kasbimni so‘rayotgan ekan. Ispan tilidan so‘ng ingliz tilida murojaat qila boshladi. U o‘zi tug‘ilgan joyni aytdi. Eshitmagan ekanman. Birozdan keyin Barselona dedi. Kasbi tish doktori, ya’ni dantus ekanini aytdi. Meni darrov fahmlaganimni sezib, futbol komandasiga ishora qildi. U o‘zbek tilini, men ispan tilini bilmasamda “senji menji” shaklida imo ishoralar bilan tillashdik. SHu tobda Engelsning ushbu fikri yodimga keldi. “Xalqlar tarixiga qay darajada chuqur kirib borsak, ular orasidagi yaqinlik va qon qarindoshlik rishtasi yaqqol ko‘rina boshlaydi”. Darhaqiqat, hammamiz ham Odam ota va Hovva momoga borib bog‘lanishimiz tayinku. SHunday ekan, adovat nega, janjallar nima uchun kerak?