9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Xokisor аdib

notiq.uz > Arxiv  > Xokisor аdib

Xokisor аdib

Insonning ikkinchi umrini yashay boshlashi hammaga ham nasib etavermaydi. Kamtarin, xalqchil, o‘z yurtini chin dildan ardoqlaydigan samimiy inson Muhammad YUsufga nasib etganligining boisi sodda, xalqona til bilan haqiqatni badiiy talqin eta olish iqtidori uning tiynatiga ziynat baxsh etganligidandir. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad YUsufning 60 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qarori ijrosi yuzasidan Respublikamiz bo‘ylab o‘tayotgan shoirga baxshida bo‘lgan tadbirlar adibning xalqimiz taqdirida muhim va muqim o‘rin tutganligidan dalolatdir. Xuddi shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyati CHirchiq tumanidagi kimyogarlar saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Hokimi Ahmadjon Tugilovich Usmonov, O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasining raisi Muhammadali Ahmedov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining senatori, shoir Mahmud Toir, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining Bosh muharriri Sirojiddin Sayid, Muhammad YUsufning rafiqasi Nazira Salomovalar ishtirok etishdi. Tadbir dasturini olib borayotgan shoir Mahmud Toir o‘zining shoir xotirasiga bag‘ishlangan she’rini o‘qib berdi. So‘ngra Viloyat hokimi o‘zining shoir haqidagi fikrlarini aytish asnosida tadbirni ochib berdi. SHoir ijodiga xos chizgilar, uning hayotdagi o‘rni kamsuqum va xokisorligini ifoda etuvchi xotiralari bilan o‘rtoqlashgan Muhammadali Ahmedov, Sirojiddin Sayyid va shoirning turmush o‘rtog‘i Naziraxonlarning chiqishlari tomoshabinlarda, shoirning muxlislarida iliq taassurot qoldirdi. Tadbirda ishtirok etgan taniqli san’atkorlarning shoir she’rlari asosidagi qo‘shiqlari davraga fayz kiritdi, desak mubolag‘a bo‘lmas. SHoirning o‘z qishlog‘iga borganida oyoq-yalang yurishi, barcha yaqinlarining uyiga ham oyoq-yalang borishi yurt taftini oyog‘u kaftim bilan ham his etaman degan gaplari ayniqsa, ishtirokchilarning qalbida kamtarin shoirga bo‘lgan qaynoq mehrlarini yanada junbushga keltirdi. TVPKQTMOI tinglovchi va pedagoglari ham o‘zlarining tadbir borasidagi mulohazalari bilan qatnashishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasining tinglovchilari bitiruv kechasi munosabati bilan saboq bergan ustozlar qatorida meniyam bir piyola joyga taklif etiggandi. “Dilkash” qahvaxonasiga kirib borganimda, shoir o‘z she’rlaridan birini o‘qiyotgandi. Ko‘zlari menga tushgan zahoti biroz tin olib, o‘ziga yarashadigan mayin tabassumi bilan “biz she’r yozamiz, uni maromiga keltirib o‘qiydiganlar endi keldi, biz she’rni yaratuvchimiz uni taratuvchi endi keldi” deganlari hamon yodimda. Xokisorligi bilan ommaning mehrini iygan, ehtiromini qozongan shoirga baxshida bo‘lgan ikkinchi umr degan nazmiy istaklarimni ham sizga ilindim, hurmat bilan Rahimboy Jumaniyozov.

«Ming yil umr ko‘rgil»,-dedi bir oqil,

Taajjubla hayron boqdim men unga.

Aytishar-ku, «etti o‘lchab bir kesgil»

«Qaysi odam kirgan emishdur mingga?»

Donishmand tikildi, o‘ychan bir nafas,

So‘ngra so‘z qotdilar, ma’nidan kalom.

«Inson tirikligi jismi bilanmas,

Ming yilning mezoni-qolsa yaxshi nom.

Ezgu ishlaringni eling qilsa yod,

Ikkinchi umrdur yashashdan murod.»

Ko‘p o‘yladim, keyin angladim, bildim,

Uning so‘zlarida ayni haqiqat,

YUz bor qulluq qilib ul zotga dedim:

«So‘zingiz, o‘zingiz baayni hikmat!»

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.