9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

TIQXMMIda “GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi (GIS vvodit novshestva vo vse sferы)” mavzusida ONLAYN FORUM o‘tkaziladi

notiq.uz > Yangiliklar  > TIQXMMIda “GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi (GIS vvodit novshestva vo vse sferы)” mavzusida ONLAYN FORUM o‘tkaziladi

TIQXMMIda “GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi (GIS vvodit novshestva vo vse sferы)” mavzusida ONLAYN FORUM o‘tkaziladi

Pekin shahrida 2019 yilning 31 oktyabr kuni “O‘rta Osiyo va Janubiy Kavkaz mamlakatlarini rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligi universitetlari” konsorsiumi (KASKAD) ga raislik quvchi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti rektori, prof. O‘.Umurzakov va Xitoyning yirik raqamli geoaxborotlar texnologiyalari soxasidagi  SuperMap International kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

SuperMap International kompaniyasi (ARC Advisory-2019 xisobotiga muvofiq) GAT mahsulotlarini  Osiyo bozoriga etkazib berishda kattaligi bo‘yicha 1-o‘rinni va jahon bozorida esa 3-o‘rinni egallaydi. Hozirda “KASKAD” va TIQXMMI Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarida ichida birinchi bo‘lib SuperMap International kompaniyasi bilan memorandum imzolagan tashkilotlardan hisoblanadi.

“KASKAD” konsorsiumi o‘zining oldiga qo‘ygan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha  ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar soxalarida muxim bo‘lgan milliy, xududiy va xalqaro miqyosdagi muloqotlar platformasini rivojlantirishda,  birinchilardan bo‘lib  “SuperMap”, “KASKAD” va TIQXMMI hamkorligida MDH mamlakatlarining turdosh tashkilotlari uchun “GAT barcha sohalarga yangilik kiritadi (GIS vvodit novshestva vo vse sferы)” mavzusida ONLAYN FORUM tashkil etmoqda (https://www.supermap.com/en-us/news/?38_2763.html).

Forumning o‘tkazilish vaqti:

-28 aprel kuni soat 10.00 dan -12.10 gacha rus tilida uchta taqdimot;

-29 aprel kuni soat 9.30 dan 17.30 gacha ingliz tilidagi amaliy mashg‘ulotlardan iborat.

Mazkur forumda O‘rta Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston,  Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) , Janubiy Kavkaz (Ozarbayjon, Armaniston, Gruzii), Rossiya, Belarusiya, Ukraina  mamlakatlarining vakillari ishtirok etadi.

            Qiziquvchilarni ushbu forumda ishtirok etishga taklif qilamiz.

ONLAYN FORUM   SuperMap International kompaniyasining quyidagi saytida joylashtirilgan:  https://www.supermap.com/en-us/news/?38_2763.html

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Zoom dasturini yuklash (barcha terminallar uchun): https://zoom.com.cn/download 

Onlayn forumga bog‘lanish

https://zoom.com.cn/webinar/register/WN_MJbO-wPjQWieLEPeS3wWeQ

T.Sultanov

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

R.Jumaniyozov

TIQXMMI matbuot xizmati rahbari, dotsent

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.