9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

ONLAYN TIZIMIDAGI XALQARO ANJUMAN

notiq.uz > Yangiliklar  > ONLAYN TIZIMIDAGI XALQARO ANJUMAN

ONLAYN TIZIMIDAGI XALQARO ANJUMAN

Izlagan imkon topadi. Xalqimizning bu naqli bejiz emas. Har qanday holatda, har qanday sharoitda bo‘lmasin ta’lim masalasiga e’tibor davlatimizning ustuvor sisyosatiga aylangani rost. Uning rivojini ta’minlash ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyot bilan bog‘liq ekanini davrning o‘zi ko‘rsatmoqda. Uchta amaliyot bugungi kunning talabi ekani aniq. Bu ijtimoiy masofalanish, uyda qolish va masofadan ishlash. Demak, internet orqali bu masalani hal etish o‘ziga xos ijobiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lmoqda. Hatto, xalqaro miqyosdagi xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda bu jarayonning tashkil etilishi imkoniyatlar darvozasini ochmoqda. Kuni kecha TIQXMMIda xorijiy universitetlar bilan onlayn tizimida “CONMECHYDRO-2020” xalqaro anjuman o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 09.10.19y. PQ-4486-sonli qaroriga hamda “2020 yil – ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturiga muvofiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida onlayn tizimida, dunyoning eng kuchli 400 ta oliy o‘quv yurtlari tarkibidagi Buyuk Pyotr nomidagi Sankt Peterburg politexnika universiteti, Qozog‘iston-Germaniya Universiteti, Gidroproekt AJ ta’sischiligida  «Construction Mechanics, Hydraulics and Water Resources Engineering (CONMECHYDRO-2020)” nomli Xalqaro ilmiy konferensiya, 2020 yil 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 10.00 da  onlayn tarzda o‘z ishini boshladi.

Suv resurslaridan unumli foydalanish, gidroenergetika, qishloq va suv xo‘jaligini iqlim o‘zgarishi sharoitiga moslashtirish, sohadagi  mavjud muammolar echimini aniqlash bo‘yicha ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda xorijning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikni mustahkamlash konferensiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Konferensiyada AQSH, Fransiya, Germaniya, Kanada, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan 500 dan ortiq soha mutaxassislari, olimlar mualliflar onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Bugungi pandemiya sharoitini inobatga olib, barcha ta’sischilar kelishgan holda konferensiyani onlayn tarzda o‘tkazishayotganligi alohida e’tiborga molikdir.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rahbariyati xorijiy universitetlar va tashkilotlardan qatnashayotgan olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va mutaxassislar uchun barcha sharoitlarni tashkillashtirgan.

Tashkilotchilarning tabrik so‘zlari, qabul qilingan maqolalar ro‘yxati va to‘liq matni, maqolalarning prezentatsiyalari konferensiya saytida batafsil yoritilib bordi.

Maqolalar bo‘yicha savollar elektron pochtaga, ingliz tilida yuborilib turdi. Barcha ishtirokchilar o‘zaro savol – javoblar bilan fikr almashishlari mumkin.

Tashkiliy qo‘mita bitta umumiy pochtada ishlarni monitoring qilib bordi.

 

Bahriddin Muqimov

TIQXMMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi 

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.