9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

INSTITUTIMIZ — IFTIXORIMIZ, GALDAGI G‘ALABA MUBORAK!

notiq.uz > Yangiliklar  > INSTITUTIMIZ — IFTIXORIMIZ, GALDAGI G‘ALABA MUBORAK!

INSTITUTIMIZ — IFTIXORIMIZ, GALDAGI G‘ALABA MUBORAK!

Bironta ta’lim muassasida yutuqlar yoki yuqori darajadagi natijalar bo‘lsa, bilingki, bu ta’limiy, pedagogik jarayonning, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, o‘quv tizimining zamonaviy tarzda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani hamda bu ishlarga bosh-qosh bo‘lgan rahbarlarning, pedagogik jamoaning o‘z ishiga mas’ulligidandir. Ana shu jihati bilan jahoniy oliy o‘quv yurtlari ichida ibratli va o‘rnak bo‘lib, kelayotgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan faxrlanamiz.

Joriy yilning 22 aprel sanasida Times Higher Education kompaniyasig o‘zining 2020 yilgi Impact Rankings reytingi e’lon qildi.

Mazkur reyting Birlashgan Millatlar Tashkilotining 17 ta muqobil rivojlanish  yo‘nalishlariga asosan tuzilgan bo‘lib, bu yilgi reytingda dunyoning 85 davlatidan 766 ta universitet ishtirok etdi va ro‘yxatni YAngi Zelandiya universitetlari boshqarmoqda. SHuningdek, reytingda eng ko‘p qatashgan davlatlar OTMlari orasida YAponiya  davlatining 63 universiteti, Rossiyaning 47 va Turkiyaning 37 universiteti o‘rin olgan. Quvonarlisi, bu yilgi reytingda O‘zbekiston OTMlarining mavjudligidadir. Jumladan, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 2 rivojlanish yo‘nalishlarida reytingdan joy oldi.

“Toza suv va sanitariya yunalishida 201-300”,

Erdagi hayot yo‘nalishida 201+

 

 

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining yana bir nufuzli reytingdan o‘rin olishi, erishilayotgan natijalar institut jamoasiga iftixor tuyg‘usini bermasdan qo‘ymaydi va ishonamizki, bu faxr tuyg‘usi jamoaning yanada bir kuch bo‘lib  faoliyat yuritishiga va ta’lim muassasamizning nufuzli reytinglarda ildam harakatlanishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.

TIQXMMI hozirda O‘zbekiston tarixida ikkita yirik THE va QS reyting agentliklari tomonidan tan olingan yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblanmoqda.

Xabaringiz bor, 2019 yilning 14-15 oktyabr kunlari Litvaning Kaunas shaxrida «QS in Conversation» sammitida «Rivojlanayotgan Evropa va Markaziyo Osiyo» (Emerging Europe and Central Asia – EECA) reytingi e’lon qilingan. Unda mamlakatimizda birinchi bo‘lib Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari insitituti mazkur reytingda 301+ o‘rinni qayd etgan.

 

G‘iyosiddin G‘oziev

Xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi mutaxassisi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.