«Suv — bu hayot!» posterlar tanlovi
Bugun ertalabdanoq, institutimizda 22 mart — “Butun jahon suv kuni”ga bag‘ishlangan, 5 kunga mo‘ljallangan “Suv va iqlim o‘zgarishi” shiori ostida tadbirlar boshlab yuborildi. BMT Bosh assambleyasining 1993 yili 22 fevraldagi 47/193 sonli rezolyusiyasi bilan “22 mart — Butunjahon suv kuni” deb e’lon qilinganidan boxabarsiz. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad, insoniyatni suvdan samarali foydalanish va uni asrash, suv resurslarini kelajak avlodga yaxshi holatda yetkazib berishdir.[/vc_column_text]
Ertalabki tadbirda institutimizning Qarshi filiali, Namangan muhandislik texnologiya instituti, Samarqand davlat arxitektura institutidan kelgan talabalarning hamda Shayxontahur tumanidagi 23 — sonli san’at va musiqa maktabi o‘quvchilarining “Suv – bu hayot!” mavzusidagi posterlar ko‘rgazmasidagi faol ishtiroki barchamizni xushnud etdi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida respublika OTM talabalari uchun quyidagi muddatlarda tanlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
13-mart, soat 10:00-12:00 da “Suv – bu hayot!” mavzusidagi posterlar ko‘rgazmasi;
14:00-16:00 da “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishda iqlim o‘zgarishini ta’siri” mavzusida bahs-munozaralarini o‘tkazish;
16-mart, soat 14:00-16:00 da “Iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan foydala-nishning innovatsion uslublari” mavzusidagi intellektual o‘yinni
17-mart, 14:00-17:00 da “Suv va iqlim” mavzusidagi video filmlar tanlovi
18-mart, 12:00-13:00 da Suv xo‘jaligi sohasidagi eng yaxshi innovatsion texnologiyalar tanlovi
14:00-17:00 da “Suv va iqlim o‘zgarishi” mavzusida Butunjahon suv kuniga bag‘ishlangan seminar.