9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MUVAFFAQIYAT SIRLARI

notiq.uz > Yangiliklar  > MUVAFFAQIYAT SIRLARI

MUVAFFAQIYAT SIRLARI

Omad, baxt, zafar, muvaffaqiyat degan tushunchalarni har bir inson o‘z hayotida bo‘lishini orzu qiladi. Bunga erishishning kaliti nimada va qaerda? Buning yagona yo‘li muvaffaqiyat quchgan, ba’zan mag‘lubiyatga uchragan keyinchalik, o‘z o‘rnini topgan, esankiramagan insonlar bilan uchrashish va ularning hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashishdir. Hayotda tekis va ravon yo‘l yo‘q. Yurish, yugurish, yelish, emaklash, to‘xtab qolish, chopish hayot tarzi, baxtga erishishning yo‘llaridir. Institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Business events group, Project Ashurov.A hamkorlikda “Muvaffaqiyatga erishishingizda siz kutgan va siz bilmoqchi bo‘lgan sirlar ochiladi” nomli motivatsion biznes-trening, mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.[/vc_column_text]

Bu galgi tadbir tadbirkor, biznemen, trener, marketolog, bloger va xalqaro toifadagi tajribaga ega bo‘lgan Akmalxon Ashurov bilan tashkil etildi. Intilganga tole yor deganlaridek, tashabbuskorlik va intilish, qo‘yilgan maqsaddan ortga tisarilmaslik muvaffaqiyat sari eltadi. I CAN DO IT — men buni qila olaman deyish ishonchni mustahkamlaydi. 20 ming mentorlardan tahsil olgan, dunyoning Tayson, Vladislav Ganduras kabi mashhur odamlari bilan suhbatda bo‘lgan Akmalxon suhbatdoshni 30 soniyada qanday zabt etish sirlari, qiyinchiliklargina odamzotning do‘stlari ekani, mashaqqatgina insonni toblashi, aqlli qilishi, pishirishi mumkinligi borasida yetarli misollar keltirib aytarli mulohazalarni bildirib o‘tdi. U har qanday sharoitda ham hech qachon taslim bo‘lma degan shior o‘zining qarash va yashash yo‘siniga aylanganini e’tirof etdi. Odamlar ikki toifaga bo‘linadi, ular negativ va pozitiv qarashli kishilardir. Biznesda do‘stlar bo‘ladimi degan savol bilan murojaat qildi u. So‘ngra o‘zi javob berib dedi: Bo‘ladi, lekin u faqat shartnoma qog‘oz bilandir, — deb javob berdi.

Chunki, u ishonch va xavotirning ko‘prigidir. Auditoriyada ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tgan 130 ta institut talabalari va 37 nafar boshqa oliy ta’lim muassasalaridan kelgan mehmon, tadbirkor yoshlarga ko‘tarinki ruh va motivatsiya berilgani aniq. Xullas, biznes va tadbirkorlik orqali o‘z yo‘lini topish uchun harakat qilgan talabalarga yaxshigina dasturulamal bo‘ldi desak, xato bo‘lmaydi. Uchrashuv yakunida Akmalxon Ashurovga minnatdorchilik yo‘sinida sertifikat topshirildi. Talabalar barchasi xursand va bu gal ikkinchi marotaba mana shunday mahorat darsi tashkil etildi. Keyingi haftalarda mana shunday tashabbuslar davomiy bo‘ladi. Yoshlarga mana shunday uchrashuvlar tashkil etish orqali tadbirkorlik, biznes va boshqa sohalar rivojiga o‘z hisamizni qo‘shamiz.

[/vc_column][/vc_row]

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.