BUYUK XALQNING SUYUK FARZANDI
Mangulikka muhrlanish mezoni xalq manfaati uchun o‘zining huzur-halovatidan kechish bilan izohlanadi. Butun umri mobaynida Xoliqning roziligini o‘z xalqi roziligidan topishni niyat qilgan, fidoyi bo‘lish sharafini diliga tukkan hazrat Navoiy ana shunday buyuk va suyuk siymodir.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 7 — fevral kuni buyuk bobomiz tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan an’anaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchieva, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Tolib Mo‘minov, taniqli aktrisa Nigina Anorboeva hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbari Nilufar Yo‘ldosheva va iste’dodli o‘quvchilari ishtirok etishdi.[/vc_column_text]
Abdulla Qodiriy ijod maktabida ta’lim olayotgan yosh o‘quvchilar institutimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi, Axborot resurs markazi hamda yoshlarga keng imkoniyatlarni o‘zida mujassam qilgan xonalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Dastlab, Nigina Anorboeva va Tolib Mo‘minov Alisher Navoiy adabiyot, ma’naviyat va ma’rifat, tilshunoslik ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan serqirra ijodkor sifatida jahon olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilayotganini ta’kidladi. Xalqimiz, ayniqsa yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, inson omiliga ustuvor ahamiyat qaratish borasidagi ezgu say’-harakatlar bugungi kunda izchil davom ettirilmoqda. Bu jihatlar buyuk ajdodlarimiz boy ma’naviy merosini o‘rganish, ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, bu yo‘nalishda mukammal tadqiqotlar olib borish, bebaho ijodidan xalqimizni bahramand etishda yaqqol namoyon bo‘layotganini aytib o‘tdi.
Navoiy deganda, har birimizning qalbimiz cheksiz faxru iftixorga to‘ladi. Yurtimizda ul zot ijodini puxta o‘rganish, asarlarini qayta va qayta o‘qish, to‘liq nashr etish, ularda ulug‘langan g‘oyalardan yosh avlod tarbiyasida keng foydalanish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning odamlar orzu-umidlariga elkadosh bo‘lish, milliy adabiyotimizga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish, borasidagi ezgu tashabbuslari Navoiy asarlarida ulug‘langan hayotbaxsh g‘oyalar bilan hamohangdir.
El-yurtga naf keltirishni oliy saodat deb bilgan Alisher Navoiyning insoniylik, xalqparvarlik, tinchlik va osoyishtalik tarannum etilgan asarlari dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan va bu ezgu ish davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston xalq artisti Maqom xonandaligi kafedrasi mudiri, professor Munojot Yo‘lchieva mutafakkir bobomiz g‘azallari bilan kuylanuvchi ashulalardan ijro etdi.
shbu tadbirda fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar institutimizga tashrif buyurgan mehmonlarimiz ko‘nglida chuqur taassurotlar qoldirdi, iqtidorli talabalarimizni o‘z ijod maktablariga taklif etishdi.
Yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan albatta, samarali foydalangan holda iqtidorli talabalalarimizni o‘z iqtidorlarini namoyish qilishda o‘z hissamizni qo‘shamiz.