9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

PREZIDENTGA QO‘SHQANOT YOSHLAR

notiq.uz > Yangiliklar  > PREZIDENTGA QO‘SHQANOT YOSHLAR

PREZIDENTGA QO‘SHQANOT YOSHLAR

Har qanday davlatning istiqbolini uning yoshlarisiz tasavvur qilish qiyin. CHunki kuch, yangilik va tashabbus hamda tashkilotchilik unda mujassam. Yoshlarga qanday ta’lim berilsa, erta indin uning samarasi ham shunga mos bo‘ladi. SHuning uchun ham yoshlarning ilm cho‘qqilarini egallashlarida katta avlodning qanot bo‘lishi haqiqat.

Shuning uchun ham Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq yoshlarga oid davlat siyosati ustuvor vazifa bo‘lib kelayotgani sir emas.

Ona yurtimiz, jonajon xalqimiz, ulug‘ vatanimiz yoshlardan nima kutayotganligini prezidentimiz nima kutayotganlarini o‘tgan yilning 27 dekabr kuni Muhammad al -Xorazmiy nomidagi ijod maktabida, kuni kecha Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga yo‘llagan Murojaatnomasida ro‘yi rost ifoda etdilar.  Yoshlar muammolariga, ular oldida ko‘ndalang turgan vazifalarga to‘xtalib, «Hali oldimizda qiladigan ishlarimiz juda ko‘p va bu borada yoshlar mamlakatning tayanchi bo‘ladi»,- deya ishonch bildirganlari bejiz emas.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va O‘zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Biz, yoshlar — Prezidentimizga kamarbastamiz!» deb nomlangan ma’rifiy uchrashuv yuqoridagi mulohazalarning isboti o‘rnidagi dadil qadam desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.[/vc_column_text]

Tadbirda nufuzli mehmonlar, ofitserlar, harbiy orkestr va professor o‘qituvchilar, talaba va magistrantlar ishtirok etishdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ostida tadbir ochilgach, uni institut rektori Umurzakov O‘ktam Pardaevich kirish so‘zi bilan ochib berdilar. Tadbirda Davlat va jamoat arbobi, akademik Oqil Umurzoqovich Salimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Iskandarov Sa’dulla Iskandarovich, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Mudofaa vaziri, general-polkovnik Rustam O‘rmanovich Ahmedov, O‘zbekiston Qahramoni Qurbonov Ravshan Davlatovichlar galma gal so‘zga chiqib o‘zlarining hayotiy va ilmiy tajribalarini o‘rtoqlashishdi. Badiiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Mudofa Vazirligi ashula va raqs ansambli solisti, podpolkovnik Marat Xakimov, ijrosida qo‘shiq yangradi, so‘ngra Toifali ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘mondonligining harbiy xizmatchi ayollari Pokiza Valixonova, Dildora Mamarasulovalar ijrosida dilbar taronalar taraldi. Tadbir yakunida Qurolli kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining xonandasi  Botir Hojiev ijrosida «Milliy armiyam» nomli qo‘shig‘i ijro etildi. So‘ngra institut rektori tadbir mehmonlarini samimiy dil izhorlari va gullar bilan xushnud etdilar.

Prezidentimiz nutqida oliy ta’limdagi muammolar va yangi tashabbuslarga to‘xtaldilar. Unga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari ikki barobar ko‘paytirilishi, qizlar uchun oliy o‘quv yurtlarida alohida grant o‘rinlari ajratilishini e’tirof eta turib «Hech bir davlat ta’limdagi muammolarni birdan hal qila olmaydi, Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartiriladi. Geologiya bo‘yicha qanday maktabimiz bor? Matematika bo‘yichachi? Ilm-fan sohasida maqsadli grantlar masalasini tubdan qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. SHu vaqtgacha qarsak chalib yurdik, natija bo‘lmadi. Grantlar miqdorini ikki barobar ko‘paytiramiz», — dedilar qat’iy ishonch bilan prezident.

SHuningdek, Prezidentimizning Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar ikki barobar qisqartirilishining ma’lum qilganlari ham e’tiborga molik bo‘ldi. Zum o‘tmay bu masala ham hal etildi, hisobi. Pedagogik ta’lim muassasalarda 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati uch yil etib belgilandi.  Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etilishi ham ahamiyatli bo‘ldi. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga etkazilishini e’tirof etdilar.

Jamiyatning rivojiga g‘ov bo‘ladigan balo bu korrupsiya ekanini barcha jabhalarda, xususan uni ta’lim tizimida ham tag tomiri bilan yo‘qotish zarurligini ta’kidladilar. CHunki korrupsiya bamisoli jamiyatning emirilishi va ich-ichdan chirishiga, ya’ni korroziya va eroziyaga monand illatdir. Halollik vaksinasini emlash orqaligina bu balolardan forig‘ bo‘lishi aniq.  Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi alohida organ tashkil etishni taklif etganlari ham bejiz emas.

Imom Buxoriy hazratlari “Ilmdan o‘zga najot yo‘q”, deb ta’kidlagan edi. O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish ham faqat ilm-ma’rifat va innovatsiya tufayli amalga oshadi. Buning uchun tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, nutqiy madaniyat va notiqlik mahoratiga ega bo‘lgan liderlik faoliyati bilan alohida ajralib turadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash, oliy ma’lumot olaman, ilmli bo‘laman, degan yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratib berish zarurligi Murojaatnomada alohida qayd etildi.

Prezidentimizning ona tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish to‘g‘risidagi taklifi nafaqat yoshlar, balki o‘zini vatanparvarman, deb hisoblaydigan barcha yurtdoshlarimizni quvontirdi. Vatanga sadoqat, ma’naviyat va qadriyatlarimizga hurmat hissi har bir inson qalbiga, avvalo, ona tili orqali singishini, kishining bilimi va fikrlash doirasi o‘z ona tilini o‘zlashtirganlik darajasiga bog‘liqligini hisobga olsak, bu taklifning ahamiyati ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Prezidentimizning ushbu o‘gitlarini har bir yosh qulog‘iga quyib, yuragiga joylab olishi zarur. “Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. SHarq donishmandlari aytganidek, «Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir»!

Bu harakat va maqsad-vazifalar Prezidentimiz rahnamoligida faoliyat olib boruvchi intellektual salohiyatli yoshlarimizga, ularning g‘ayrat-shijoatiga bog‘liqligini davrning o‘zi talab etayapti.

[/vc_column][/vc_row]

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.