Til-taraqqiyot tarozisi
«Til-taraqqiyot tarozisi» nomli tok-shouning ilk sonida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari faol ishtirok etishdi. Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda «Notiqlik san’ati akademiyasi»ning tinglovchilari o‘z mulohazalari bilan ko‘rsatuvga jon kiritishdi. Ko‘rsatuvda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev o‘z fikrlari bilan qatnashdi. Ushbu ko‘rsatuv yaqin kunlarda “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali efirga uzatiladi.