9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

NAMUNA VA IBRAT — CHIN MA’RIFAT

notiq.uz > Yangiliklar  > NAMUNA VA IBRAT — CHIN MA’RIFAT

NAMUNA VA IBRAT — CHIN MA’RIFAT

Jahonga yuz tutgan, jahon tan olgan mamlakatimiz ravnaqi uchun xizmat qilgan, hozirda ham bir safda turib xizmat qilayotgan millatimiz fidoyilari, zamonamiz qahramonlari bilan yoshlarimizni tanitish, ularning hayot yo‘li va tajribalarini yoshlarga o‘rnak qilib ko‘rsatish har bir yosh qalbida vatan tuyg‘usini uyg‘otishi tabiiy. Bu esa ular dilida mas’uliyat hissi va majburiyat burchini jo bo‘lishiga bois bo‘ladi.
Xuddi shunday maqsadda uchrashuvlar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 2020 -yil 7 — fevral kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning joriy yilning 27 dekabr kuni kuni Muhammad Al-Xorazmiy ijod maktabida yoshlar bilan uchrashuvlaridagi nutqlaridan ilhomlangan holda, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.[/vc_column_text]

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov bilan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. SHuningdek, tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev, institut professor-o‘qituvchilari jamoasi hamda zal bilan liq to‘la talaba va professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbirni institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Ruzimurot Choriev kirish so‘zi bilan ochdi. Ular bugun mamlakatni taraqqiy ettirish yo‘lida boshlagan islohotlarni davom ettirishda o‘sib kelayotgan yosh avlodda yurt qismatiga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirish muhim masala ekani, millat va Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilgan zamonamiz qahramonlari bilan yoshlar o‘rtasidagi bu kabi uchrashuvlar o‘sib kelayotgan avlodning qalbida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaklarga ko‘tarishini aytib o‘tdi.

Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diyev ham so‘zga chiqib o‘z hayoti davomida erishgan yutuqlari va yoshlarga o‘rnak bo‘luvchi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. SHuningdek, yoshlarni ilm sirlarini egallashga, o‘z oilasi, Vatanini sevuvchi, yurtiga va xalqiga Vatanparvar bo‘lishga chaqirdi. YOshlarga maslahat va da’vat ruhidagi bildirilgan fikrlar barchaning diqqatini tortdi.
Tadbir yakunida institut talabalari tomonidan tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik ramzi sifatida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

[/vc_column][/vc_row]

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.