9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Sabina xushmurodova: TOSHLARNI TILGA KIRGIZIB

notiq.uz > IJODIYOT  > Sabina xushmurodova: TOSHLARNI TILGA KIRGIZIB

Sabina xushmurodova: TOSHLARNI TILGA KIRGIZIB

Xushmurodova Sabina Bobomurod qizi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tugʻilgan. Hozirda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar univesitetining Filologiya va tillarni oʻqitish ingliz tili yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

Toshlarni tilga kirgizib
Artur Rajabov 1995-yil Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida tug‘ilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini haykaltaroshlik yo‘nalishini tamomlagan. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosidir. Uning birinchi haykali bu » Ovchi qizning havzasi» deb nomlanadigan asari hisoblanadi. Artur Rajabovga oʻzingiz hayolan yaratish qiyinmi yoki mavjud narsaning haykalini qilish qiyinmi deganimizda, U » hayolan yaratayotgan narsani hali boshqalar koʻrmagan va unga istalgancha oʻzgartirish kiritish mumkin, lekin mavjud narsaning haykalini qilish uchun oʻzgartirish qilolmaymiz, uning asli boricha qilish va uning hissiyotlarini ham chiqarib berish bu qiyindir» degan edilar.
Artur Rajabov — o‘zining o‘ziga xos uslubi, nafis qarashlari va chuqur ma’noli asarlari bilan tanilgan yosh o‘zbek haykaltaroshi. U o‘z ijodi orqali san’atni faqat shakl sifatida emas, balki his, fikr va ruhiy holat orqali ifodalaydi. Uning ishlari tomoshabinlarni oʻylanishga va his qilishga undaydi.
Artur Rajabov yaratgan “Anna German” haykali inson ruhiyatining nozik tomonlarini ochib beradi. Bu asarda ayol obrazidagi jiddiylik, ichki og‘riq va mehr uyg‘unlashgan. San’atkor bu haykal orqali ayollik go‘zalligini emas, balki ayol qalbidagi kuch, bardosh va sukut ortidagi hikmatni ifodalagan. “Anna German ” — bu jim, ammo kuchli hissiyot haykali.
Shuningdek, Rajabovning “Cho‘lpon” haykali ham o‘zining ichki ma’nosi bilan ajralib turadi. Unda shoir o‘ychan holatda, gavdaning ozgina harakat holatida tasvirlanishi uni jonli qiladi. San’atkor bu asar orqali hayotga, ijodga va kelajakka ishonchni ko‘rsatadi. Haykalning soddaligi va tabiiy holati Cho‘lpon shaxsiyatini yanada jonliroq ifodalaydi. U orqali san’atkor erkinlik, so‘z qudrati va vatanparvarlik g‘oyalarini haykaltaroshlik tili bilan aytadi.
“Usmon Nosir” haykali esa yoshligiga xos orzu va umidni o‘zida mujassam etgan. Haykalda yuz ifodasining ishonchga to‘la bo‘lganini koʻrishimiz mumkin. Usmon Nosir haykalining tana qismidagi tikonli simlar orqali oʻsha davrni yoritib bergan.
Artur Rajabovning har bir haykali o‘z ichida bir hikoya yashiradi. U tosh orqali his-tuyg‘ularni jonlantiradi. Uning ijodida sukutning o‘zi gapiradi, shaklning o‘zi hikoya qiladi. Rajabov asarlari tomoshabinga o‘tmishni eslatadi, hozirgi hayotni his qildiradi va kelajak haqida o‘ylashga undaydi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.