9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Diyora Daminova: O‘Z KASBINING FIDOYISI

notiq.uz > IJODIYOT  > Diyora Daminova: O‘Z KASBINING FIDOYISI

Diyora Daminova: O‘Z KASBINING FIDOYISI

Daminova Diyora Nodir qizi Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida tug’ilgan. Hozirda Toshkent shahridagi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

Oz kasbining fidoyisi

Hayotda har bir shaxsning o‘z o‘rni, mavqei va vazifasi bor. Yozuvchining quroli — so‘z, rassomning vositasi — rang, haykaltaroshniki esa  — tosh. Yozuvchi o‘z asarlari orqali inson ruhiga yo‘l ochsa, haykaltarosh o‘z qo‘llari bilan tarixni, tuyg‘ularni va inson siymosini abadiylashtiradi.
Shu jihatdan olganda, san’at, tarix, madaniyat va go‘zallikni birlashtirgan ijodkorlardan biri — Artur Rejabovdir. U o‘zining sermahsul ijodi ,O‘zbekiston san’ati rivojiga qoʻshayotgan ulkan hissasi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Artur Rajabov yaratgan haykallarga nazar solgan kishi, avvalo, ulardagi hayotiylik va chuqur ma’no bilan tanishadi. Uning san’atida insoniylik, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga e’tibor asosiy markazda turadi. U hind aktyori Raj Kapur haykalini yaratganida, uni shu darajada jonli tasvirlaganki, go‘yo aktyorning o‘zi sizga jilmayib turgandek tuyuladi
Uning ijodida milliy adabiyotimiz va tariximizga oid siymolar ham keng o‘rin olgan. Masalan, Qodiriyni bog‘da, Cho‘lponni cho‘qqida, Usmon Nosirni tikanli sim ortida tasvirlash orqali u bu buyuk shaxslarning hayot yo‘li, fojiasi va jasoratini haykal orqali so‘zlay olgan.
Artur Rajabov haykaltaroshligi bilan nafaqat go‘zallik yaratadi, balki xalqning ruhini, tarixini va orzusini toshga bitadi. Uning asarlari kelajak avlodga milliy g‘urur, ijodga mehr va Vatanga sadoqat tuyg‘usini singdiradi.
Shunday qilib, Artur Rajabov ijodi   san’at orqali tarixni so‘zlash, tosh orqali tuyg‘ularni ifoda etish va inson qalbiga go‘zallik bag‘ishlashdan iboratdir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.