9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Donoxon Artiqova: UYG‘ONISH MAKTUBI

notiq.uz > IJODIYOT  > Donoxon Artiqova: UYG‘ONISH MAKTUBI

Donoxon Artiqova: UYG‘ONISH MAKTUBI

Artiqova Donoxon Odilbek qizi Xorazm viloyati Bog’ot tumanida tug’ilgan. Hozirda Toshkent shahridagi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Assalomu alaykum, Behbudiy bobom… Bilaman, menga javob yozolmaysiz. Tinimsiz, boʼgilib-boʼgilib chiqayotgan faryodimni bugun sizga maktub qilib yo‘llayman. Men siz orzu qilgan, ammo orzu qilganingizdek bo‘lmagan va hali ham orzusiz yashayotgan avlodman. Siz: «Oʼqimagan xalq-qul» der edingiz. Bugun biz, ba’zida kulamiz, ba’zida esa xuddi quldek qafas ichida yashayotgandekmiz. Biroq siz tashkil qilgan maktablar, siz yozgan risolalar, siz koʼtargan ma’rifat mash’alasi oʼchmagan. Lekin bu mash’alani olib yurayotganlar juda kam. Siz: «Millat, uygon!» dedingiz. Biz esa haliyam uyquni qabrga qoʼyolmayapmiz. Bobo… 100 yil oldin Germaniyaga yuborilgan 70 nafar talaba ogʼil-qizlarni aynan siz yubormagan bo’lsangiz ham siz ularga turtki boʼldingiz, yoʼl ochdingiz. Ular orasida Maryam Sultonmurodova va Xayriniso Majidxonova kabi jasur qizlarimiz «…kimdir boshlab berishi kerak-ku!» deya hali oʼzlaridek jasur yigitlarning barmogi tegmagan bu koksiga, osha ma’shum oqning tegishiga konganlar bor edi. Ular shirin uyquli tun uchun emas, oʼsha davrda zilday og‘ir bolsa ham o’z orzulari uchun kurashgandilar. Ammo o’sha orzulari ham Vatan ravnaqi uchun edi. Afsuski, ularning Vatani ilmli yoshlarning «ravnaqini» belgilab bolgandi. Endi esa tarozining bir pallasiga osha 70 talaba, yuragida xalq dardi, dilida jadidchilik mash’alasi yongan, og‘il-qizlarni qo‘yaylik. Ikkinchi pallaga esa, biz yoshlarni. Ana endi o’zingiz ayting orzusi uchun jon fido qilganlar tomon og’ir keladimi yoki orzusiz o’layotganlarniki-mi?! Taʼqib ostida ham qalbidagi umidni so’ndirmagan, jasorati tog’day qizlarniki og’irroq-mi yohud tinch zamondan yashay turib ogzini ochgani erinadigan yoshlarniki-mi?! Qorong’u tunlarda ham yorug’lik sari, porloq kelajak tomon ishonch bilan shaxdam qadam tashlaganlarniki og’irroq-mi yo bo’lmasam telefon ekranidan boshini ko’tara olmayotganlarniki…
Bu gaplarim uchun mendan ranjimang, bobojon. Shular uchun, bizlar uchun qancha kurashdingiz, shular uchun qoningizni tuproqqa qordingiz-ku axir.
Lekin hammasi ham emas bobo. Bugun ham bor: siz orzu qilgan, orzusi uchun tunlarni tongga ulab o‘qiydigan, hamma yurgan yo’ldan yurmaydigan, «men bu yurtdan ketaman» deb emas, «shu yurtimda oʼzgaraman, yurtimni o‘zgartiraman» deydiganlar. Shundaylar bor. Faqat siz xohlagandek ko‘p emas.
Tan olishim kerak ozchilikmiz, lekin ancha kuchlimiz. Qolganlarni uyg‘otishga yetadigan kuchga egamiz. Siz va sizday yurtparvarlar qon to‘kkan bu zaminda ular shunchaki uxlab o‘tib ketishlariga yol qo‘ymaymiz. Mana hozir, bu yerda sizga titrab yozayotgan qiz, siz orzu qilgan jasoratni yuragida olib yurganlardan bittasidir. Chunki men bilaman: «Umrning ikkinchi nusxasi yoq, shunday ekan bu hayot qo‘rqib yashashga kamlik qiladi».
Endi zamon ozgardi, vositalar ozgardi. Lekin dard, maqsad, niyat xuddi sizlarnikidek. Siz mutolaaxona ochgandingiz, bugun ham bizning oramizda «Mutolaa» kabi mobil ilovalar yaratayotganlar bor. Siz gazeta bilan millatni uyg‘otdingiz. Biz ijtimoiy tarmoqlarda xalqni fikrlashga chaqiryapmiz. Xuddiki, internet bu — yangi «Oyna». Siz sahna orqali millat kozini ochdingiz, biz videolar orqali ongini uygotmoqdamiz. Aytingchi, bobojon, shunday yoshlarni zamonaviy jadidlar desak boladimi! Yana osha 100 yil oldinga, siz yashagan davrga nazar tashlasak, hozirgi hayotimiz bilan bir o‘xshashlikni kòramiz. O‘sha paytlarda ham sizlar Turkistonni yangilamoqchi edingizlar. Bizlar ham Ozbekistonni yangilamoqchimiz

100 yil avvalgi kabi bugun ham yoshlar chet ellarga yuborilmoqda. Ammo Yurtboshimiz 70 nafar talabaning boshiga tushgan voqealar takrorlanishiga aslo yol qo‘ymaydi.
Sizdan qolgan izlar; maktab, qalam, teatr, gazeta, darsliklar, dardli satrlar ularning barchasi bizni uyg‘otyapti. Men sizga o‘lmaslikka va’da berolmasamda, lekin siz boshlagan yoʼlni tark etmaslikka va’da beraman. Siz yoqqan mash’alani ilm, jasorat, adolat bilan olib yurishga va’da beraman. Qachondir sizni otishgan Qarshida biz hozir she’r o‘qiymiz. Qachonlardir sizga qilingan zug‘um uchun ilmimiz orqali ulardan o‘ch olamiz.
Men bilaman siz bizni ko‘rasiz. Ko‘zlaringiz yumulgan bo’lsa ham ruhingiz uyg‘oqligiga ishonaman. Ishonch bilan ayta olamanki, siz tirikligingizda erishmagan yutuqlarga biz siz tufayli erishamiz. Maktubimni o‘qib bizdan og‘rinmang, bobojon. Bu sizga emas, bizga hayqiriq aslida. Biz hali to‘liq uyg‘onmadik, lekin uyg‘onamiz. Uyg‘onganimizda esa siz orzu qilgan Turkiston uyg‘onadi. Bu gal bizni qayta uxlatishning imkoni bo`lmaydi.

Ehtirom bilan!
Sizning nomingizni unutmaydigan va orzuyingizni davom ettiruvchilardan biri.
Ozbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Filologiya va tillarni oqitish ingliz tili yo`nalishi 2-bosqich talabasi Artiqova Donoxon Odilbek qizi

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.