ONAJONIM — DARMONIM

Dilmurodova Shaxnozabonu Bekzod qizi 2005 yil 13- iyunda Buxoro viloyati G’ijduvon tumani Sarmijon MFY ga qarashli Mahallameron qishlog’ida tug’ilgan. U hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining 3- bosqich talabasi. Badiiy ijod bilan shug‘ullanib turadi.
Onajonim — darmonim!
Onajonim Kaʼbam, Makkam, Madinam,
Farishtam, Jannatim gulu bo‘stonim.
Bunchalar begʻubor Malaksiz Onam,
Mehringiz tuganmas misli ummonim.
Bolajonim deya aziz koʻrgansiz
Allohimdan keyin suyganim Onam
Yuzni ezgulikka tomon burgansiz?
Hammadan ham oliy neʼmatim onam!
Farzand boʻlib sizga boʻlay munosib
Umrim umringizga qoʻshilsin deyman.
Agar koʻzingizda maʼyuslik koʻrsam
Oʻsha kun muqarrar ich-etim yeyman.
Deydilar bu dunyo qaytar dunyodir
Onasiga farzand nelarni qilsa
Farzandidan bir kun qaytar roʻyodir
Onani ranjitgan ranjimay qolmas.
Yagonam, suyanchim, mehribonimsiz
Sizsiz menga hatto, Jannat tatimas.
Jonimga jon, tanimda darmonimsiz,
Shu bois azizsiz, doim muqaddas.
Onalar dilida asl muddao,
Farzandlar umrini uzun bo‘lishi,
Tunu kun ko‘z yosh-la qilarlar duo
Dilbandlar hayoti gulgun bo‘lishi.
Doʻstlarim koʻp edi, sonsiz sanoqsiz,
Soxta niqoblari yechildi shul dam.
Dard tortibon qiynalganimda,
Parvona bo‘ldilar qalqonim onam!
SHAHNOZA DILMURODOVA