9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Abdunabi Hamro: PARDA ORTIDA

notiq.uz > IJODIYOT  > Abdunabi Hamro: PARDA ORTIDA

Abdunabi Hamro: PARDA ORTIDA

Pardaning ortida yashaydi ochun
Ey odam, har kuning — ming imtihondir,
Pardaga bir qara, ne sir yashirin
Pardaning ortida xayol pinhondir.

Pardaning oldida – besh kunlik dunyo
Tunu kun talashar haq bilan roʻyo,
Pardaning oldida – shoʻrishu gʻavgʻo
Pardaning ortida iqbol pinhondir.

Pardaning oldida niyat boʻlsa bad
Amalga yarasha boʻlgay oqibat,
Parda ochilgaydir yetganda fursat
Pardaning ortida zavol pinhondir.

Pardaning oldiga har kim bir chiqar
Kimdir besh panjasin ogʻizga tiqar,
Sinovdan har kimni oʻz feʼli  yiqar
Pardaning ortida savol pinhondir.

O, men shu pardaga talpindim har dam
Kerakmas jannatu Kavsaru Zamzam,
Axir, bilamanku, Yaratgan egam:
Pardaning ortida jamol pinhondir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.