9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Abdunabi Hamro: VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN

notiq.uz > IJODIYOT  > Abdunabi Hamro: VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN

Abdunabi Hamro: VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN

Og‘rimasa tunlar chap ko‘ksing sim-sim

Ko‘zingda yonmasa yovqur bir uchqun,

Agar yashamasang, kim bo‘larsan, kim –

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun?

Tushingga kirdimi Alpomish shunqor Qilich sermadimi Go‘ro‘g‘li nomdor,

Boshin dorga tikkan edi sarbador

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.

Quloq sol, quloqsiz Shiroq sas berar

Qizingga To‘maris hur nafas berar,

O‘g‘lingga bu tarix sha’n havas berar

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.

Sohibqiron tuzgan yurting, buduning

Daryodan sakradi Jaloliddining,

Kechagidan go‘zal bo‘lsin buguning

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.

Yulduz kashf et, to‘ldir osmonlaringni

Unutma Qodiriy, Usmonlaringni,

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.

Yangi yurtga yangi kuy, bayot lozim

Yangi yurtda yangi, hur hayot lozim,

Har neki yangidir – ehtiyot lozim

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.

Boboturk termular zamonlar osha

Ajdoding o‘shadir, ildizing o‘sha,

Yashasang – chinakam o‘zbekday yasha

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.