9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

VATAN HAQIDAGI MAQOLA …

notiq.uz > IJODIYOT  > VATAN HAQIDAGI MAQOLA …

VATAN HAQIDAGI MAQOLA …

Vatan chizgilari…

        Istiqlolning yana bir nurafshon tonggi otdi. Quyosh shu’lalari yuzimda o‘ynab, shiringina uyqumni o‘chirib yubordi. Yurtimda boshlangan har bir kun menga yanada qadrli bo‘lib bormoqda. Buning sababi meni anchadan beri o‘ylantirib kelayotgan bir savolning javobini topganimda bo‘lsa kerak…

        Ayvonimiz peshtoqiga har yili qaldirg‘ochlar in qurib, bola ochadi. Ularning “vijir-vijir” qo‘shig‘ini tinglab, tongim otardi va kunim botardi. Kuz kelgach ular janubga uchib ketishardi. Qiziq, uchib boradigan o‘lkalarida yil-o‘n ikki oy issiq havo hukm sursa-da, ular yurtimizda kezgan bahor nafasini sezib, yana ortga qaytishadi. Janubda emas, shu ayvonda bola ochishadi. Ularni har yili shu yerga kelishga undovchi kuch nima? Menimcha, bu Vatan sog‘inchi bo‘lsa kerak!..

         Endi Vatan nima degan meni qiynagan savolga kelsak: men ko‘p kitoblardan javob izladim. Shuni angladimki, bu savolga o‘z qalbimdan javob topsamgina, Vatanni his qilish baxtini tuya olar ekanman.

        Yaqinda bir ajoyib she’r yozgandim, ehtiyotsizlik qilib, uni kompyuter xotirasidan o‘chirib yuboribman. Yozganlarimni ko‘proq hozirgi zamon texnalogiyasi – kompyuterga ishonar edim. O‘shanda bu odatimdan juda afsuslandim. Ijodimning beg‘ubor mahsulini xayolimda qayta va qayta tiklashga urindim, biroq avvalgidek joziba kasb etmadi. Chunki, hech qachon bir narsa ikki martta xuddi o‘sha holatda takrorlanmaydi, xuddi oppoq qor parchalaridek. Bundan diqqatim oshib, asablari buzulib turgan bir vaqtda, ukam stolimga ikki dona atirgul qo‘yib, bular ilhom parilarini chaqiradi, dedi meni kayfiyatimni ko‘tarishga uringandek. Derazamni ochdim. Yozning dim havosi bilan to‘lgan xonamga salqin havo bilan birga mayin shabada kirdi.

        Ukam keltirgan atirgulni hidladim, shunaqayam xushbo‘yki, uning ta’sirida xayolimga yangi-yangi ijod namunalari kela boshladi.

        Vatanni anglashga sabab bo‘lgan voqea ana shu edi. O‘shanda yuragimdagi hislarning uyg‘onishiga gullarning ifori turtki bo‘ldi, deb o‘ylabman. Biroq, bu gullar ifori aslida ona tuproqning menga yetkazgan ilhombaxsh mujdasi ekanini tushunib yetdim. Quchog‘imga sig‘mas yurtimni ko‘z qorachig‘imga jo qilib, qaerda bo‘lmay, uning taftini, mehrini his qilayapman, uni gullar iforida, qushlar sayrog‘ida, shamol qanotlarida, yomg‘ir injularida, suvning har qatrasi-yu, qumning har zarrasida , ona xalqimning mehr to‘la nogohi-yu, qadoq qo‘llarida sezaman. Vatan siz-u, bizga hayot bergan onamiz bag‘ri yanglig‘ taftli, u jon tomirimiz suv ichadigan hayot bulog‘i. U qalbimizda… U yuragimizda…

O‘zbekiston Milliy Universiteti

qoshidagi 2-son akademik

litsey o‘quvchisi

                                                                                           Diyora Asatullaeva

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.