MEHR VA MUHR MURUVVATI
Eʼtibor — ehtiromga eshik, eʼzozga beshikdir. Davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan siyosat va islohotlarning bosh manbai ham inson manfaatlariga eʼtibor va xalqni rozi qilish hamda uni baxtli koʻrish bilan chambarchas bogʻliq.
Ayniqsa, ijtimoiy hayotda xotin — qizlarning rolini oshirish borasidagi saʼyi harakatlari tahsinga loyiq. Keyingi yillarda gender tengligi borasida mamlakatimizda barcha jabhalarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, tadbirkorlik va boshqa tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, bir soʻz bilan aytganda, ayolning chinakam baxtli yashashi, intellektual va maʼnaviy yuksalishi, kasbiy, oilaviy va jamiyat hayotidagi majburiyatlarini hamohang tarzda bajarish yoʻlida keng qamrovli davlat siyosatining amalga oshirilayotgani ahamiyatlidir.
Nafosat, nazokat, mehr degan soʻzlarning asl mazmun — mohiyati dastavval, ayol siymosida namoyon boʻlishi aniq. Bir paytlari toʻmaris monand ayollarga xosu mos boʻlgan shijoat soʻzi endilikda ular faoliyatida ham boʻy koʻrsatayotgani sir emas. Bugungi kunda oʻzining aql-idroki, gʻayrat-shijoati hamda tadbirkorligi bilan alohida ajralib turadigan faol, fidoyi, yurtparvar ayollarimizdan biri Aqoiddinova Muxlisa Mansurovnadir.
Ular maʼrifatparvar ayol sifatida qadriyat, maʼnaviyat, yurt ravnaqi, inson manfaati, oila tuygʻusi, vatan qaygʻusi, odillik va halollik degan tushunchalarni muqaddas tutadi. Shuning uchun ham u xayrli va savob ishlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor boʻlib kelayotgan insonlardandir. Chunki har bir inson taʼrifida soʻz ketganda, avvalo, uning asliga, nasliga boq degan fikr ham bejiz emas.
U qadimgi Shosh shahrining Qoratosh mahallasida yashab oʻtgan ulugʻ zot Ahmad maxdum Qoratoshiyning shajarasidan maʼrifatparvar inson Aqoidxonning nabirasidir. Muxlisaxon Mansurxon qizi oʻz ajdodlari, avlodlari bilan gʻururlanibgina qolmay, balki ularning el-yurt uchun qilgan xayrli ishlarini abadiylashtirish, mangulikka muhrlash ishqi bilan yonadigan, oʻz qobiliyatini ana shu maʼrifiy maqsadga yoʻnaltira olgan fidoyi insondir. Bugun qadim va azim poytaxtimizdagi Qoratoshiy bobolari yoqqan maʼrifat chirogʻini yana qaytadan jamiyatga nur taratishida, yogʻdu sochishida tinimsiz izlanayotgan Muxlisaxonning ijtimoiy hayotimizdagi oʻrni eʼtiborga molik. U tilda ham, dilda ham bobokalonlarini yod etib ajdodlar chirogʻi oʻchmasin deya dadillik bilan faoliyat olib borayotgan zoti sharifalardandir. U bugungi kunda mamlakatning zamonaviy ishbilarmon tadbirkorlaridan biri sifatida oʻz nufuziga ega.
Oʻz hayoti davomida Muxlisaxonga turtki boʻlgan, taʼsir qilgan omillar haqida ikki ogʻiz soʻz.
Oʻqchi dahasida Olmazor yaqinidagi maktabda oʻqishni boshlab, Birlik mavzesidagi 197-oʻrta maktabni tugatgan. Maktabda adabiyot va matematika fanlariga ayricha mehr bilan qaragan. Biri hisob-kitobni oʻrgatsa, ikkinchisi his-tuygʻuni baxsh etadi. Har bir insonning shakllanishida yoshlikdan olingan taʼlim va pedagogning roli baland boʻlishini, u bugungi kunda Prezident eʼtirof etgan “Najot taʼlimda, najot maktabda, najot bilimda” degan oʻgitlarning nechogʻli ahamiyatli ekanini yana bir karra his etmoqda. Toʻgʻri, taʼlim olgan taʼlim bera oladi, tarbiyalangan odamgina tarbiyalaydi. Bu oddiy haqiqat. Oʻquvchining biron fanni sevishi va unga qiziqishi, mehr qoʻyishi albatta, oʻquvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Muxlisaxon ayniqsa, Ona tili va adabiyot fanidan dars beruvchi ustozi Aziz Azimovni alohida hurmat bilan eslaydi. Chunki, badiiy adabiyotga boʻlgan mehr nishini oʻquvchilar qalbida uygʻonishida Aziz Azimovning alohida oʻrni boʻlgan. U oʻquvchilarni adabiyotning sirli olamiga mohirlik bilan olib kirish va ularni maftun qilib qoʻyish bobida unga yetadigani boʻlgan emas. Bolalar qalbida orzu-umid chiroqlarini yoqishda, musiqaga boʻlgan muhabbatini uygʻotishda esa dutor navolarini egallashda dutor chalishni oʻrgatgan Rixsivoy domladan ham minnatdor.

Turli toʻgaraklarga qiziquvchan oʻqishga eʼtibori yuqori boʻlgani uchun ham maktabni qizil shahodatnoma bilan bitkazdi. Hatto, uning qobiliyatini sezganlari holda televideniyega ham taklif etishgan. U bir qancha muddat “Qoʻshiqlarda qiz qalbi” va “Qizlar” davrasi koʻrsatuvlariga boshlovchilik ham qilgan. Oʻsha koʻrsatuvlardagi adabiyot, sheʼriyat, mumtoz meros va gʻazalxonliklar haqida maroqli suhbatlar uni 1985 yili Toshkentdagi Madaniyat institutiga boshlab borgan.
Uni muvaffaqiyatli tugatgach qiziqish doirasi kengaygani bois Xalq xoʻjaligi institutida tahsil oladi. Uning siyosiy irodasi, dunyoqarashi keng boʻlgani uchun siyosiy jarayonda ham faol boʻlishga intildi. 1999 yilda shahar kengashi deputati vazifasida faoliyat olib borib oʻz saylovchilarining ehtiyojlarini qondirish, muammolarini yechish bobida jonbozlik koʻrsatdi. Shuningdek, Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasining tuzilishi jarayonida tashabbuskorlardan biri sifatida oʻz fikr-mulohazalari bilan faol qatnashdi. 2017 yilgacha OʻzLiDep rahbariyatining faollaridan biri sifatida ish olib bordi.
Adabiyot va sanʼatni ardoqlash, chinakam ijodkorlarning qadriga yetish ularning jon tomiri va qon tomiriga singishib ketgan. Hozirda ham oʻzbek va rus sheʼriyatining yirik namoyandalarini yodda oʻqib turadi. Sheʼriyatga mehr ham aslida bobolari qonida boʻlgani aniq. Ahmad Maxdum Qoratoshiyning ham nazmga tabʼi yuqori boʻlgani, oʻzi ham ijod qilgani xususida maʼlumotlar bor. Ular qoldirgan maʼnaviy merosni topish, tarixini yoritish umidida Muxlisaxon hamon harakatda. Shuni eʼtirof etish kerakki, izlanishlar jarayonida ulardan ayrimlarigina topilgan.
Sobiq Hamza tumanida madaniy oqartuv boʻlimida madaniy — maʼrifiy sohada faoliyat yuritgan paytlarida toʻgaraklar tashkil etib, tarixiy joylarni oʻrganishga qiziqdi. Aslida, uning murgʻak qalbida moziyga, ulugʻ zotlar qalamjolariga muhabbat uygʻonishida, shubhasizki, Mansurxon buvaning oʻz qizchasini Shayx Hovand Tohur maqbarasiga va boshqa ziyoratgohlarga olib borgani ana shu mehrning manbai boʻlsa, ajab emas. Bu esa Arpapoya mahallasidagi Ahmad maxlum Qoratoshiy xilxonasi va uning atrofini obod qilishga kirishdi. Koʻrimsiz paxsa devor oʻrami ichkarisida joylashgan xilxonadagi toʻrtta qabr ustiga yerdan balandroq qilib pishiq gʻishtdan koʻtarilgan daxmalar atrofini tozalab tartibga keltiradi. Muxlisaxon har yili xilxonada yotgan azizlar haqqiga Qurʼon tilovat qillirib Alloh yoʻlida xayru ehson berishni vijdon amri, imon talabi deb biladi.
Mana, endilikda siz Muxlisaxonning ajdodlar qadriyati va maʼnaviyatiga mehru muhabbatining muxtasar tarixi va manbai bilan oshna boʻldingiz.
Ajdodlar hayoti va ijodiga befarq insonda qadriyat, milliy gʻurur, yurt qismati va el taqdiriga daxdorlik tuygʻusi boʻlmaydi. U tadbirkor, ishbilarmon, siyosatchi va maʼrifatparvar ayol sifatida bu masalalarda loqayd emas. Koʻkka boʻy choʻzgan osmonoʻpar binolar “Toshkent siti”ning koʻrkiga koʻrk qoʻshib turar ekan, ular ogʻushidagi moʻjaz qadamjo — Qoratoshiylar sagʻanasi uzukka qoʻyilgan koʻzu qoshdek qalblarni quvontirib koʻzlarni quvnatadi, muhimi dillarga taskin berib ajib tuygʻularga oshna etadi.
Bugun obod qilingan qadamjo Muxlisaxonning ajdodlariga boʻlgan hurmatu ehtiromning ifodasi desak, xato boʻlmaydi. Bugungi kunda el — yurtning obodligi, ozodligi sharaflanar ekan, oʻzbek xalqi oʻz ajdod va sulolasi bilan qalbida iftixor va mehr tuygʻusi tuyadi. Zeroki, oʻtmish oʻzligimiz, tariximiz istiqbolimiz mayogʻi va chirogʻidir.
Har qanday faoliyatning ikki qanoti boʻladi. Bu tashabbuskorlik va tashkilotchilik. Muxlisaxonning yana bir maʼrifiy, xayrli ishi ana tashabbuskor va tashkilotchiligining mahsuli boʻldi desak, yanglishmaymiz. U yirik hajmli “Qoratosh” deb nomlangan memuar kitobga homiylik qilganidir. Iqtidorli sharqshunos va manbashunos olim Abdusattor Jumanazar tomonidan yaratilgan ushbu kitob butun boshli bir shajaraning uzviyligi va davomiyligini aks ettiruvchi sulolanomadir.
Kitobda himmat zamiridagi hikmatni, aniqrogʻi qoratoshiylar sulolasining uzoq tarixi va oʻtgpn ulugʻ zotlar, avliyolarning maʼrifati, kashfu karomati bilan bogʻliq maʼlumotlar aniq manbalar asosida teran va chuqur yoritilgan. Unda oʻlkamizda kengtarqalgan naqshbandiya-mujaddidiya tariqati silsilasi va uning Ahmad maxdum Qoratoshiy tarmogʻi haqida mufassal maʼlumotlar berilgan. Kitobda tarmoqning Xoja Muhammad Saʼid, Xoja Muhammad Obid, Mirza Joni Jonon, xalifa Muhammad Qayyum, Muhammad Mir Ali Qoratoshiy, Ahmad maxdum Qoratoshiy hayoti, ijodi, yurt maʼrifatiga qoʻshgan hissalariga oid qimmatli tarixiy axborotlar berilgan.
Kitob Ahmad maxdum Qoratoshiyning saqlanib qolgan muhr silsilasi sharhidan iboratdir. Mavzuga oid tafsilotlar “Nasamatul-quds”, “Zubdat ul-maqomat”, “Tuhfat ul-ahbob”, “Tazkirai Naqshbandiya” singari yana bir qator manbalar va tarixiy hujjatlardan olingan holda kitobxonga taqdim etilgan. Besh yuz yigirma sahifadan iborat boʻlgan ushbu kitob sifatli holda “Akademnashr” tomonidan chop etilganini taʼkidlash joiz. Ushbu mukammal va moʻtabar manba Muxlisaxon Mansurxon qizining bobokalonlariga ehtiromi oʻrnida qoʻyilgan haykaldir desak, aslo, xato boʻlmaydi.
Muxlisaxon Mansurovnaning tadbirkorlik faoliyati diqqatga sazovor. Prezidentimizning “Biz doimo izlanib, yangilikka intilib yashaydigan tadbirkorlarimizni, oʻz ishiga fidoyi va jonkuyar, vatanparvar insonlar deb bilamiz va ularni qadrlaymiz.” degan fikrlari unga qanot baxsh etgani rost. Joriy yilning “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb atalishi ularning faoliyatiga ruh va mazmun baxsh etdi.
Uning toʻqimachilikka ixtisoslashgan kompaniyani boshqarish asnosida masofaviy taʼlim markazi ham ochganlari ham eʼtiborga molik. Chunki ayollarni ish bilan taʼminlash ularning ogʻirini yengil qilish uchun tikuvchilik va boshqa hunarlar boʻyicha oʻquv markazining boʻlishi maqsadga muvofiq. Oʻz mahsulotini eksport qilishni niyat qilgan har qanday tadbirkor ishlab chiqargan mahsulotining sifatli boʻlishini oʻylaydi. Buning uchun esa mutaxassis kerak. Ishga qabul qilinganlarga hunar oʻrgatish va ularning malakasini oshirish bir tomondan, tajribali mutaxassislarni yetkazib chiqishga, ikkinchi tomondan esa, mahsulotning sifatli, eksportbop boʻlishiga imkon tugʻdiradi. Ayni kunlarda hunar oʻrganib hayotda oʻz oʻrnini topib roʻzgʻor tebratayotgan ayollar Muxlisaxondan mamnun.
“30 yilik tadbirkorman, shu sohani tanlashni, biznesmen boʻlishni orzu qilgan yoshlarga oʻz bilim va tajribamni ayamayman va bu ishdan oʻzim huzur topaman,”- deydi Muxlisaxon.
U 2016 yilda toʻqimachilik boʻyicha tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan boʻlsa, ancha natijalarga erishdi. Ishni 15 kishi bilan boshlab bugungi kunda 300 dan ziyod xizmatchi ish olib borayotgani, kompaniyaning aylanmasi oyiga taxminan besh yuz ming dollar, yiliga esa 6,5 million dollarni tashkil qilgani buning yorqin dalilidir.
Tadbirkorlik sohasidagi mehnatlarining samarasi sifatida 2022 — yili “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni sohibasi boʻlganini u gʻurur va minnatdorlik bilan esladi. Shuningdek, tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish uchun Oʻzbekistonda barcha sharoitlar yaratilganini mamnunlik bilan taʼkidladi.
Ikkita farzand toʻrtta nevaraning ehtiromida boʻlib kelayotgan, maʼrifat nurini taratishni qalb amri deb bilgan gʻayratu shijoat bobida Toʻmarisu Bibixonimlarni beixtiyor yodga soladigan Muxlisaxon Mansurxon qizi diniy va dunyoviy maʼrifatning oqila va soliha ayollari boʻlgan ushbu zoti sharifalarning ilmu amallariga havas qiladi, ular tarixini mutolaa etishdan aslo charchamaydi.
“Birinchi boʻlib, diktator — firʼavnga butun iymoni, kuch-quvvati va shijoati ila yuzma-yuz roʻpara turgan shaxs — erkak emas, AYOL boʻlgan. U — Sayyida Osiyo edi. Kaʼbatullohning vujudga kelishi va Makka shahrining gullab-yashnashiga sababchi boʻlgan, yer yuzidagi eng pok suv — Zamzam suvini ichishga erishgan birinchi inson ham Hojar onamiz, Safo va Marva orasida yugurgan shaxs ham ular boʻlgan.
Birinchi boʻlib, Muhammad alayhissalomga iymon keltirgan va Islom uchun mol-mulkini hech ikkilanmasdan fido qilgan inson ham Xadicha onamiz. Birinchi boʻlib, Islom uchun jonini fido qilgan shaxs — erkak emas, AYOL boʻlgan. U — Sumayya roziyallohu anho.
U duo qilganida ushbu oʻgitni bot-bot takrorlab farzandu nevaralariga uqdirishni farzu qarz deb biladi. ”Oʻzlarining qadr-qimmatini bilib, ibo-hayosi, iffati va hijobi ila oʻzlarini nomahramlardan himoya qilgan, ziynatlarini koʻz-koʻz qilmagan, Alloh uchun turmush oʻrtogʻi va farzandlarining xizmatini qilgan AYOLlarga Allohning salomlari boʻlsin!»
RAHIMBOY JUMANIYOZOV
Professor, Notiqlik sanʼati akademiyasining
rahbari, Xalqaro “Antik dunyo” va “Turon” fanlar
akademiyalarining akademigi,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi