02
Май
0
Comments
Yaproqlar va ildizlar
in IJODIYOT
Ko‘kka bo‘y cho‘zgan terakning ko‘m-ko‘k yaproqlari quyosh nurida tovlanib o‘z libosini ko‘z-ko‘z qilib qiqirlab kulayotgan qizaloqqa o‘xshardi. So‘rashdi: — Nega muncha shodsan, xursandchiliging va kuching nimada o‘zi? Esayotgan shamoldanmi yoxud jamoldan?
U dedi: shodlik va kuchimga bois men joy tutgan novdada, shoxda ularning kuchi esa ildizda, teran tomirda. Bunga sabab esa toza iqlim, quyosh nuri, zilol suv va muhimi, e’tibor.
Unga tahsin aytib deyishdi: Kuching va xursandchiligingning boisini bilishing, shukrona qilishing va qanoatli ekaning seni donolik sifati bilan ziynatladi.