9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar

ОНА ТИЛИМИЗДАГИ ЖОЗИБА ВАГРАММАТИКАДАГИ СХОЛАСТИКА

 Давлат тили дастурини тўлиқ бажариш, очиғи, жуда оғир кўчаяпти. Иш юритиш ҳамон аксар корхонаю ташкилотларда, вазирлигу идораларда эскичасига – рус тилида олиб борилаяпти. Бунинг сабабини изоҳлаганда «илгари мустақил эмасдик, мустабид тузум эди, тилимиз камситиларди…» каби баҳонаи узрлар ҳам керагидан ортиқроқ айтилди. Эндиям шу гаплар билан ўзимизни алдаб юришнинг вақти ўтгандек. Аслида, собиқ тузум пайтида ҳам биров бизга ўзбек тилини билма, деган эмас, аксинча, рус тилини ўқитиш-ўргатиш бўйича иттифоқ миқёсидаги конференцияларни ўзимиз ташаббус қилиб кўпинча Тошкентда ўтказардик, Кавказ, Болтиқбўйи деган жойлардаги биродарлар ўша пайтда ҳам кўп ишларини ўз она тилида олиб боришарди ва бунга биров айтарли монелик қилганмас. Демоқчимизки, ўзимизда фидойилик,...

Continue reading

АБАДИЯТ АДИБИНИ АРДОҚЛАБ

      Хотирлаш инсоннинг жамиятдаги ўрни ва хизматларига муносабат демакдир. У ўзининг имконияти ва иқтидорини элу юртининг манфаатлари, халқ тақдири билан боғлаган бўлса,  чинакам маънода Абадият адибига айланади."Адиблар хиёбони"да қаҳрамон шоиримиз Абдулла Ориповни хотирлаш ва шоир таваллуди ҳамда Наврўз айёмининг уйғунлигига бағишланган маърифий тадбир РЕСПУБЛИКА МАЪНАВИЯТ ВА МАЪРИФАТ МАРКАЗИ, ТОШКЕНТ ИРРИГАЦИЯ ВА ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИНИ МЕХАНИЗАЦИЯЛАШ МУҲАНДИСЛАРИ ИНСТИТУТИ" Миллий тадқиқот университети ҳамда ЎЗБЕКИСТОН ЁЗУВЧИЛАР УЮШМАСИ билан ҳамкорликда ташкил этилди. Даставвал, Қаҳрамон шоиримиз ҳайкали пойига гулчамбарлар қўйилди, улуғвор сиймоси олдида таъзим бажо келтирилди.Ўзбекистон қаҳрамони, халқ шоири Абдулла Ориповнинг хотирасига бағишлаб ўтказиладиган адабий ва бадиий, маънавий-маърифий тадбир 20 март куни соат 13.00да шоирнинг пурвиқор...

Continue reading

ZAFARGA AYLANGAN SAFAR

 O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tarkibida "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi sifatida Xorazm viloyatiga safarbar qilingandik. "Ezgulik - shiorimiz, ma'rifat - qurolimiz" shiori ostida olimlar, shoir va yozuvchilar, aktyorlaru qo‘shiqchilardan tarkib topgan guruh 20-martga qadar xizmat safarini jiddu jahd bilan amalga oshirmoqdalar.Tashrifdan ko‘zlangan maqsad  Prezidentimizning "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tabrigida ilgari surilgan tezislar va "2024-yilgi Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ko‘rish  va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi" Qarorida aks etgan umumbashariy g‘oyalarni omma ongiga singdirishdan iboratdir.Bizning ishchi guruhimiz tarkibi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, iqtidorli shoir Bobur Bobomurod, O'zDSMI dotsenti, taniqli aktyor va xonanda Dilmurod Uzoqov, umidli yosh...

Continue reading

MEHR VA MUHR MURUVVATI

  Eʼtibor - ehtiromga eshik, eʼzozga beshikdir. Davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan siyosat va islohotlarning bosh manbai ham inson manfaatlariga eʼtibor va xalqni rozi qilish hamda uni baxtli koʻrish bilan chambarchas bogʻliq.Ayniqsa, ijtimoiy hayotda xotin - qizlarning rolini oshirish borasidagi saʼyi harakatlari tahsinga loyiq. Keyingi yillarda gender tengligi borasida mamlakatimizda barcha jabhalarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, tadbirkorlik va boshqa tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, bir soʻz bilan aytganda, ayolning chinakam baxtli yashashi, intellektual va maʼnaviy yuksalishi, kasbiy, oilaviy va jamiyat hayotidagi majburiyatlarini hamohang tarzda bajarish yoʻlida keng qamrovli davlat siyosatining amalga oshirilayotgani  ahamiyatlidir.Nafosat, nazokat, mehr...

Continue reading

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentini qutlug‘ yoshi bilan samimiy tabrikladi

26-fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni qutlug‘ 70 yoshga to‘lgani bilan dildan qutladi. Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, birodar turk xalqi va davlatining ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, global maydondagi nufuzi yuksalishida, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuqori darajaga erishilishida Prezident Rejep Erdog‘anning o‘rni va hissasi alohida qayd etildi. Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik sur’ati oshib borayotgani katta mamnuniyat bilan ta’kidlandi. O‘tgan yil yakunida qo‘shma korxona va loyihalar soni sezilarli darajada –...

Continue reading

Yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Davlatimizning kuchli ijtimoiy siyosatida yoshlar eng ustuvor yo‘nalish. Ularga sifatli ta’lim va kasb berish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda. Har bir mahallada “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirilmoqda, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Madaniyat karvoni” tadbirlari va turli festivallar o‘tkazilmoqda. Shu yil 21-fevralda Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Dasturda yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan. Bu yil “yoshlar balansi” bo‘yicha 925 ming yigit-qizning bandligini ta’minlash zarur....

Continue reading

IT-xizmatlar eksportini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni IT-xizmatlar infratuzilmasi va eksportini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.  Bu haqda o‘tgan yili 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida bo‘lgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 1 ming 700 taga yetib, ularda 26 ming nafar xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida rezidentlar sonini 10 barobar oshirib, ulardagi ish o‘rinlarini 100 mingtaga yetkazish, sohada eksport hajmini 5 milliard dollarga olib chiqish belgilangan. Shu maqsadda, hududlarga IT-eksportchi tashkilotlarni keng jalb qilishga qaratilgan “Zero Risk” dasturini qo‘llash taklif etilmoqda. Bu dasturda ishtirok etuvchi korxonalarga IT-park tavsiyanomasi asosida bo‘sh turgan davlat binolari 1 yilgacha muddatga tekin foydalanishga...

Continue reading

Aviatsiya sohasidagi transformatsiya jarayonlari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni aviatsiya sohasidagi davlat korxonalari transformatsiyasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. So‘nggi yillarda aviatsiya xizmatlari bozorida xususiy sektorga keng yo‘l ochildi. Aviakompaniyalar soni 15 taga, jumladan, xususiylari 10 taga yetdi. O‘tgan yilning o‘zida 28 ta yangi samolyot olib kelindi. Bularning natijasida oxirgi yetti yilda reyslar 2 barobar ko‘paygan. Samarqand aeroporti xususiy sheriklikka berilgani hisobiga yo‘lovchi oqimi 4 karra oshib, 1 millionga yetgan. Shunga qaramasdan, o‘tgan yili aviatsiya xizmatlari hajmi bor-yo‘g‘i 11,6 foiz o‘sgan. Mamlakatimiz strategiyasida 2030 yilga qadar aviaqatnovlar sonini 4 karra oshirish rejalashtirilgan. Unga erishish uchun sohada yillik o‘sish sur’atlari 20 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Bu infratuzilma, boshqaruv, narx...

Continue reading

Notiqlar taqdirlandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va jadal bunyodkorlik ishlari, ma’naviy va ma’rifiy sohadagi tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga aniq, ravon va ta’sirchan usullarda yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tarixiy jarayonlarni ta’lim va tarbiya, kasbiy mahorat uyg‘unligini ta’minlab, aholi qatlamlariga va xalqaro hamjamiyatga faol targ‘ib etib kelayotgan, xalq bilan muloqot jarayonlarida notiqlik san’ati usullaridan mahorat bilan foydalanayotgan jonkuyar, fidoyi va iste’dodli ijodkorlar doimiy ravishda rag‘batlantirib borilmoqda.  Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va “Notiqlik san’ati akademiyasi” ta’lim markazi bilan hamkorlikda turli vazirlik va idoralar, madaniyat va ma’naviyat tizimlarida, jurnalistika sohasida samarali mehnat qilayotgan va nutqiy faoliyati bilan ibrat-namuna bo‘layotgan bir...

Continue reading