9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

 

Olam va odam talqinida

Olam va odam talqinida

Ahli bashar shu haqda bosh qotirib keladi. Har bir zamon ahli uni o’z qarichi aniqrog’I qalb qarichi bilan o’lchaydi, baholaydi, shu asnoda bilishga intiladi. Ulug’ haqiqatlar qutlug’ kitoblarda, buyuk adolat suyuk insonlar ilmu amalida o’z quvvatini namoyon etadi. Davrlararo mohiyatini yo’qotmaydigan, vaqt bilan hisoblasha oladigan, insoniyatning taxayyul, tasavvur va  tafakkur olamini boyitishga xizmat qiladigan kitoblar ham, insonlar ham bo’ladi. Ular haqda so’z aytishni diliga tukkanlar “Emas oson bu maydon ichra turmoq”ligini yaxshi bilishadi. So’z muqaddas kitoblardan biri “Avecto” va nemis faylasufi Fridrix Nitshe borasida fikr yuritgan siyosatshunos olim Narzulla Jo’rayev haqida. Ular bir necha yillar davomida sharq falsafiy tafakkurining noyob durdonasi “Avesto” va undagi fikrlar ta’sirida buyuk g’oyaviy kashfiyotlar qilgan, odam va olam muammosini o’z nazari bilan idrok etgan nemis faylasufi Fridrix Nitshe ta’limoti bo’yicha teran tadqiqot ishlari olib borganlar.

Har ikkala kitob muallif ijodining, qarashlarining lazzatli mevasigina bo’lib qolmasdan balki, sharq va g’arb olamining fikriy uyg’unligi, tafakkur olamining mushtarak jihatlarini ifoda etishi bilan qiymatlidir. “Avesto” sochayotgan nur asrlar osha insoniyat aql-u idrokining beqiyos qudratining oynasidir. Olamga kelish va ketishning mantig’i nimaga nazar qilish va nimadan hazar etish muammolari e’tiqod, e’tibor, e’tiroz, e’tirof, e’zoz singari tushunchalar bilan vobasta idrok etiladi. Bu ta’limotning mohiyatini mag’ribzaminning buyuk mutaffakiri Fridrix Nitshe nazari orqali muqoyasa etish Narzulla Jo’rayevga yana bir bor sharaf keltirgani haq. Ochig’ini aytish kerakki, zardusht tavallosi o’z davri uchun emas, balki bugungi kun olam va odam muammolari borasida yetarlicha o’git ma’nosida ma’lumotlar bera oladi.

Professor N. Jo’rayevning “Taxayyul, tasavvur, tafakkur” asari hamda “Avesto” kitobining  taqdimotida O’Zdjtu        sobiq rektori Shuhrat Shukurovich Qayumov, atoqli olim va tarjimon Ibrohim G’afurov, yuridik fanlari doktori Akmal Saidov, O’zbekistton xalq shoiri Jamol Kamol, tarix fanlari doktori, professor Mirsodiq Is’hoqov, falsafa fanlari nomzodi Ja’far Xolmo’minov, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Farida Umaraliyevalar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishgandi. Tadbirga O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi Baxtiyor Aminovich Nazarov moderatorlik qilgandilar.

“Avesto” va Nitshe qarashlari hamda ularga munosabat tarzida N. Jo’rayevning mulohazalarini keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik.

N .Jo’rayev: “Avеsto” falsafasi – harakatdagi dunyo, butun mavjudot, jonli va jonsiz olamga nisbatan inson munosabatlarini aql-idrok, chеksiz tafakkur orqali barkamollashtirish g’oyasini o’zida mujassam etadi. Insonga hissiy olam bilan fikrat dunyosining sintеzi shaklida ta’sir o’tkazadi. “Avеsto” o’zining ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan bir nеcha ming yillik kishilik taraqqiyotida sivilizatsiyaviy ta’sir ko’rsatgan, butun borliq, mavjudot,  jumladan, inson mohiyati bilan bog’liq bo’lgan buyuk qadriyat. U asotiriy-diniy qarashlarga asoslangan bo’lsa-da, tub mohiyati bilan dunyoviy tafakkurning noyob, o’ziga xos, barkamol majmuasi, fundamеntal qarashlarga asoslangan, qomusiy ahamiyatga ega bo’lgan buyuk yodgorlikdir. 

Zardushtiylik ta’limoti o’z davri odamlari tafakkurida kеskin burilish yasab, ijtimoiy ongning butunlay yangilanishiga, kishilik jamiyatini mazmunan boyishiga olib kеldi. Bu o’sha davr uchun tafakkurdagi jiddiy to’ntarish, qarashlardagi mislsiz evrilish edi. Ta’limot sifatida zardushtiylik e’tiqod katеgoriyasini ibodat va taqvo bilangina chеgaralanmay, ijtimoiy mohiyat kasb etishiga erishdi. Hayot mazmunini, inson mohiyatini o’zida mujassam etgan ezgulik tuyg’usini asosiy tayanch qilib oldi. Boshqacha qilib aytganda, dinga e’tiqodni insoniylashgan, hayotiylashgan, kundalik turmush lazzati va hayot mohiyatini o’zida mujassam etgan ezgulikka e’tiqod darajasiga olib chiqdi. Insoniyat tafakkuridagi bunday tub burilish o’sha davrning o’ziga xos sivilizatsiyaviy hodisasi edi.

N .Jo’rayev: Nitshе g’oyalari sеrqirra, o’ta isyonkor, o’ta haroratli, o’ta jozibador. U har qanday inson qalbini junbishga kеltiradi. Shu bilan birga favqulodda katta va qudratli ta’sir kuchiga ega. Uning o’zining so’zi bilan aytganda “dinamit” g’oyalar. Darhaqiqat, Nitshе goyalari taxayyuldagi dinamit, tasavvurdagi dinamit, tafakkurdagi dinamit.

  1. Nitshе: Mеn sizlarga A’lo odam haqida ta’limot bеrajakman. A’lo odam zaminning mazmuni. Sizning irodangiz aytsin: “mayli, A’lo odam zaminning mazmuni bo’lsin!” Birodarlarim, mеn Sizga iltijo qilib ayturman: zaminga sodiq bo’lingiz…

“Ikki dunyodayam butni bilmaganlarga chеrkovning nima hojati bor?”

      N .Jo’rayev:  Imoning sust bo’lsa, machitga borib nima qilasan? Bandasiga-ku hunaringni ko’rsatayapsan, endi Xudoni ixtiyoriga qo’y! hеch bo’lmasa Unga xiyonat qilma, munofiq bo’lma!                                    

  1. Nitshе: “Doimo kuchlilarni kuchsizlardan ?imoya ?ilish lozim!”

         N .Jo’rayev: Kuchlilar hamisha ozchilikni tashkil etadi. Kuchsizlar, ojizlar, ma’naviy zaiflar esa ko’pchilikdan iborat. Har qanday sharoitda ko’pchilik ozchilikni yеngadi, g’alaba qiladi. Ojizlar, notavon va noshudlar qumursqa misoli yopiriladi, talaydi. Oxir-oqibatda kuchlilarni abgor qiladi. Masalaning yana bir mantiqiy tomoni bor: kuchlilar o’z kuchi va irodasiga ishonib, yakka-yakka tartibda yashashadi. Ojizlar esa birlashib, to’da-to’da bo’lib, g’uj yashashadi. Kuchlarni birlashtirishadi va oxir-oqibatda kuchlilardan ustun kеlishadi.       

         Nitshе insonning ojizligi, noqobil va notavonligidan g’azablanadi. Bundaylarni ivirsib yurgan mayda jonivorlarga, hasharotlarga qiyoslaydi. Ba’zan hissiyoti ko’pirib, uni tahqirlaganday, kamsitganday bo’ladi. Iztirobli nafrat buhroniga, insonga qarshi isyonga aylanadi. Bu uning insonga nisbatan shavqatsizligidan emas, balki, uning taqdiri va kеchmishiga bеfarq emasligidan, achinayotganidan. 

Siyosatshunos olim Narzulla Jo’rayevdan hali ko’plab tadqiqot ishlari va monografiyalarni kutib qolamiz.

No Comments

Leave a Comment