30
Декабрь
0
Comments
QIRG’IZISTONDA XITOYLIKLARDAN QIRG’IZ TILINI O’RGANISH TALAB QILINDI
in Yangiliklar

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev mamlakatda qariyb 20 yildan beri faoliyat yuritayotgan Xitoy kompaniyasi vakillarining davlat tilini bilmasligini keskin tanqid qildi.
«20 yildan beri ishlaysiz, lekin qirg‘izcha gapira olmaysiz? O‘rganing!» — dedi u.
Tashiyevning ta’kidlashicha, Qirg‘izistonda uzoq yillar faoliyat yuritayotgan har qanday xorijiy kompaniya davlat tiliga hurmat bilan qarashi va kamida muloqot darajasida uni bilishi shart.
(Xabar.uz)