9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

«TRAMPNING BOJLARI» AQSH GA 235 MLRD DOLLAR DAROMAD KELTIRDI – OQ UY

notiq.uz > Yangiliklar  > «TRAMPNING BOJLARI» AQSH GA 235 MLRD DOLLAR DAROMAD KELTIRDI – OQ UY

«TRAMPNING BOJLARI» AQSH GA 235 MLRD DOLLAR DAROMAD KELTIRDI – OQ UY

«Trampning bojlari» AQShga 235 mlrd dollar daromad keltirdi – Oq uy

Oq uy Donald Tramp AQSh prezidenti lavozimiga ikkinchi bor kirishganidan beri erishilgan yutuqlar haqida hisobot berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 11 oy davomida: tarixdagi eng past qotillik ko‘rsatkichiga, eng yirik soliq kamaytirilishiga, eng yirik sondagi (600 ming nafar) noqonuniy migrantning mamlakatdan chiqarib yuborilishiga hamda xususiy sektorda 687 mingta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishilgan.

Oq uy, shuningdek, Tramp joriy etgan bojlar AQShga 235 milliard dollar daromad (iyul oyida AQSh Moliya vaziri Skott Bessent 300 milliard dollar tushum kutayotganini aytgan) keltirganini ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, bojxona bojlaridan kelgan daromadlar 2025 yilning 20 yanvaridan 15 dekabrigacha bo‘lgan davr uchun hisoblangan. Bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga nisbatan ancha yuqori: masalan, 2024 moliyaviy yilida AQSh bojxonadan bor-yo‘g‘i 77 milliard dollar daromad olgan edi.

Ushbu iqtisodiy yutuqlarga qaramay, NPR radiostansiyasining xabar berishicha, amerikaliklarning mamlakat iqtisodiy siyosatidan mamnunlik darajasi bor-yo‘g‘i 36 foizni tashkil etmoqda. Bu so‘nggi olti yil ichida qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.