9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Putin: «O‘g‘irlashsa – qaytarishga majbur bo‘lishadi»

notiq.uz > Yangiliklar  > Putin: «O‘g‘irlashsa – qaytarishga majbur bo‘lishadi»

Putin: «O‘g‘irlashsa – qaytarishga majbur bo‘lishadi»

Putin: «O‘g‘irlashsa – qaytarishga majbur bo‘lishadi»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi davlatlarida muzlatib qo‘yilgan Rossiyaga tegishli moliyaviy mablag‘larni olib qo‘yish rejalariga munosabat bildirdi.

Uning aytishicha, bunday harakatlar Yevropa davlatlari uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Putin buni oddiy moliyaviy masala emas, balki Yevropa hududida iqtisodiy barqarorlikka va ishonchga putur yetkazuvchi holat, deb baholadi.

«Bu kabi qadamlar Yevropa Ittifoqiga bo‘lgan ishonchni susaytiradi. Tabiiy resurslarga boy davlatlar bu jarayonni diqqat bilan kuzatyapti. Agar bir marta shunday yo‘l tutilsa, keyin uni to‘xtatish qiyin bo‘ladi», – deydi u.

Rossiya prezidenti Moskva o‘z manfaatlarini xalqaro sudlar orqali himoya qilishini ta’kidlab, «agar mablag‘lar asossiz olib qo‘yilsa, baribir qaytarishga to‘g‘ri kelishi»ni aytadi.

Shuningdek, Putin Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya mablag‘lari hisobiga kredit berishga qaror qilsa, bu har bir a’zo davlat budjeti uchun qo‘shimcha yuk bo‘lishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Yevropa Ittifoqi davlatlari 2026–2027 yillar davomida Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida moliyaviy ko‘mak ajratish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Biroq Rossiya Markaziy bankiga tegishli muzlatilgan mablag‘larni Ukraina ixtiyoriga o‘tkazish masalasi bo‘yicha yagona qaror qabul qilinmadi va bu mavzu muhokamasi keyinga qoldirildi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.