9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Abdug‘ani Sanginovning  «O‘zbekneftgaz»ga rais etib tayinlangani aytilmoqda

notiq.uz > Yangiliklar  > Abdug‘ani Sanginovning  «O‘zbekneftgaz»ga rais etib tayinlangani aytilmoqda

Abdug‘ani Sanginovning  «O‘zbekneftgaz»ga rais etib tayinlangani aytilmoqda

Abdug‘ani Sanginovning  «O‘zbekneftgaz»ga rais etib tayinlangani aytilmoqda

Abdug‘ani Abduraxmonovich Sanginov «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumotni Gazeta’ga u rahbarlik qilib kelgan «O‘zbekgidroenergo» kompaniyasi tasdiqlagan. 

Sanginov mazkur lavozimda 2023-yilning iyulidan buyon ishlab kelayotgan va bir muddat oldin boshqa ishga o‘tgani aytilgan Bahodirjon Sidiqovning o‘rnini egallagan.

Eslatib o‘tamiz, B.Sidiqov 2023-yil 11-mart kuni «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. Tayinlovga qadar u Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Yoshlik konini o‘zlashtirish bo‘yicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlab kelgan. Shuningdek, 2019-2020 yillarda «O‘zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan.

Ma’lumot uchun, Abdug‘ani Abdurahmonovich Sanginov — O‘zbekiston davlat arbobi, 2017-yildan buyon «O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi hisoblanadi.

U 1982-yilda Tojikiston qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

2025-yil sentyabr oyida uning rahbarligida Quyi Chotqol GES va Norin GES-1 kabi yirik loyihalar qurilishini yakunlash masalalari muhokama qilingan.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.