Shahnoza Ochildiyeva: Bekat
Ochildiyeva Shahnoza Abdivohid qizi
O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: Ingliz tili yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Bekat
Bekat…
Mana jo’nab ketdi so’nggi odamlar…
Men yolg’iz qolaman yana, bekat ham…
Kimsasiz. Lekin tark etilmaganmiz.
Bir kun qarshimizga chiqar muhabbat
Taqdirda yakka deb bitilmagan biz.
Go’zal har narsaning ayni zamoni
Biz asli shunday baxt tilaganlardan.
Qancha soxtalarni kuzatgan kulib
Sadoqat boshini silaganlardan.
Balki bir kun quchib dasta chechaklar
Ketarman kutilgan avtobus sari.
Balki xoyonatkor sanaydi bekat
Lek qismat atalar bularning bari.
Bilaman, bekat ham qolmaydi yolg’iz
Jilmayib keladi mendan so’ng biri.
Bunda qatnovlarning nihoyasi yo’q
Bunda kelish , ketish inson taqdiri.
Dunyoni dumaloq derdilar, ajab…
Uchrashib qolarmish tez-tez odamlar.
Yoki boshqamikan men yurgan olam
Sira kesishmadi bizning qadamlar.
Yolg’iz ikkimizga tep tekiz dunyo
Qadamlarim sanab adashdim sondan.
Ilinib oftobning inju nuriga
So’rolsam qaniydi seni osmondan.
Balkim yo’qlikdirman sen uchun.YO’QLIK…
Balki orzularing sarlavhasi men.
Menga ham mavhumsan aslida, biroq
Al-Kabir Zot uchun kunday ayon sen!
Sir tut yomonlardan, kir nigohlardan
So’z ochma, so’zlamam ishqdan bir og’iz.
Bir kun chorrahamiz bo’lar saodat
Yassi yerimizda yursak ham yolg’iz…