Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Alisher Navoiy haykali ochildi

12-dekabr, juma kuni Qirg‘izistonning O‘sh shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Haykal O‘sh shahrining Qurmandjan Datka va Navoiy ko‘chalari kesishgan joyda o‘rnatildi. Ayni paytda O‘shda Alisher Navoiy nomini olgan dam olish bog‘i, maktab va ko‘cha faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘sh shahri hokimiyatining ta’kidlashicha, haykalning ochilishi Qirg‘iz va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik munosabatlarini mustahkamlanishining, shuningdek, umumiy madaniy merosga bo‘lgan hurmatning ramzi bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘sh shahrida Bobur nomidagi o‘zbek akademik teatri mavjud. U nafaqat Qirg‘iz balki O‘zbekiston uchun ham muhim madaniyat maskan hisoblanadi.
(Xabar.uz)