9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

«O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti». Toshkentda pokistonlik muallifning kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

notiq.uz > Yangiliklar  > «O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti». Toshkentda pokistonlik muallifning kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

«O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti». Toshkentda pokistonlik muallifning kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

«O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti». Toshkentda pokistonlik muallifning kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

11-dekabr, payshanba kuni Toshkent shahrida Pokistonning «Daily Ittehad» gazetasi muxbiri, jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning «O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti» nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Urdu tilida yozilgan ushbu asar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan Uchinchi Renessans g‘oyasining mazmun-mohiyatini badiiy-publitsistik ruhda ochib beradi.

Mazkur asar hozirda «O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti» nomi bilan o‘zbek tilida ham nashr etildi.

Asarning taqdimotiga bir qator nufuzli shaxslar jumladan, Pokiston Prezidentining Axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, matbuot kotibi M.Solangi, Bosh vazirining savdo masalalari bo‘yicha koordinatori R.Ihsan, Pokiston teleradiokompaniyasining Yangiliklar bo‘limi katta muharriri, siyosiy tahlilchisi X.Farxana va bir qator martabali shaxslar tashrif buyurishdi.

Qayd etilishicha, kitobga Pokiston Bosh vaziri so‘z boshi yozib, unda O‘zbekiston tajribasi Pokistonni ham kelgusida buyuk yangilanishlarga, xayrli intilishlarga ilhomlantirishiga ishonch bildirishini ma’lum qiladi.

«Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir», – deb yozadi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Muallif o‘z asarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasini yuksak baholaydi.

Asarda, jumladan, O‘zbekiston milliy davlatchilik rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga oid qator misollar keltiriladi.

Pokistonlik siyosatchi va ilmiy ekspertlarning fikricha, ushbu asar va unda ko‘tarilgan fikr va talqinlar nafaqat Pokistonda, balki Yevropa va boshqa mamlakatlarda ham yuqori baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, kitob muallifi Muhammad Abbos Xon «Daily Ittehad» gazetasi tahririyatining O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi maxsus muxbiri hisoblanadi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.