9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO’JALIGI FANLAR AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

notiq.uz > Yangiliklar  > O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO’JALIGI FANLAR AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO’JALIGI FANLAR AKADEMIYASI TASHKIL ETILADI

O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tashkil etiladi

Bugun respublika bo‘ylab agrar sohada 22 ta ilmiy markaz, 260 ta laboratoriya, ularda juda katta salohiyatga ega yuzlab olim va ilmiy xodimlar faoliyat yuritmoqda.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev va qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda mazkur salohiyatdan to‘liq foydalanish uchun «ilm-fan – ta’lim – ishlab chiqarish» integratsiyasini ta’minlaydigan Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi tashkil etilishi e’lon qilindi. Ushbu akademiya qishloq xo‘jaligidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga mas’ul bo‘ladi.

«Men bir gapni takror aytishdan charchamayman. Ilm va izlanish bo‘lmagan sohada rivojlanish ham, yuksalish ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi», – dedi davlat rahbari.

O‘tgan yilda 4 ta institut negizida Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish instituti tashkil etilgan edi. Ushbu institutda yiliga 8 mingdan ortiq soha vakillari, xususan, fermer, dehqon va klasterlar xodimlari zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanishga o‘qitiladi.

Mutasaddilarga Gollandiya, Ispaniya, Italiya, Turkiya va Xitoydan malakali agronomlarni olib kelib, dehqon va fermerlarni yangiliklarga doimiy o‘qitib boradigan tizim qilish topshirildi.

Bundan tashqari, paxta-g‘alla yo‘nalishidagi eng ilg‘or 200 nafar fermer, meva-sabzavot yo‘nalishidagi eng mirishkor 200 nafar bog‘bon va dehqon, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi eng faol 100 nafar eksportchi Xitoy, Turkiya, Gollandiya, Fransiya kabi davlatlarga yuborilib, o‘qitiladi. Ushbu 500 nafar fermer, bog‘bon va eksportchilarning yo‘lkira va mehmonxona xarajati to‘liq qoplab beriladi

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.