25
Ноябрь
0
Comments
“MUALLIM” FILMI — «TIQXMMI MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETIDA ILK PREMYERA!
in Yangiliklar

Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida rejissyor Samidxon Lutfullayev tomonidan yaratilgan “MUALLIM” badiiy filmi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ichida birinchilardan bo‘lib aynan bizda premyera qilindi.
Filmning bosh g‘oyasi — ustozlarni ardoqlash, hurmatini oshirish, ularning fidoyiligi va ta’lim sohasidagi beqiyos xizmatini qadrlashdir.
Talabalar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlar film orqali ustozlik mas’uliyati, mehr-shafqati va o‘zgarmas qadriyatlarini yanada chuqur his etdilar.