9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SHAVKAT MIRZIYOYEV KO’KSAROYDA QIRG’IZISTON VA TOJIKISTON PREZIDENTLARI BILAN UCHRASHDI

notiq.uz > Yangiliklar  > SHAVKAT MIRZIYOYEV KO’KSAROYDA QIRG’IZISTON VA TOJIKISTON PREZIDENTLARI BILAN UCHRASHDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV KO’KSAROYDA QIRG’IZISTON VA TOJIKISTON PREZIDENTLARI BILAN UCHRASHDI

Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroyda Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashdi

Foto: Press-slujba prezidenta

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ko‘ksaroy qarorgohidagi suhbatlar chog‘ida oliy darajadagi kelishuvlarning ijrosi ko‘rib chiqildi, savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalarini kengaytirish muhokama qilindi.

Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi, Markaziy Osiyoda barqarorlik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Shundan keyin O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon prezidentlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.