9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

PROFESSOR NASIMXON RAHMON VAFOT ETDI

notiq.uz > Yangiliklar  > PROFESSOR NASIMXON RAHMON VAFOT ETDI

PROFESSOR NASIMXON RAHMON VAFOT ETDI

Professor Nasimxon Rahmon vafot etdi

O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi professori Nasimxon Rahmon vafot etdi. 

Nasimxon Rahmon 1984-yili “Kultegin yodnomasi (VIII asr) poetikasi” nomli mavzuda nomzodlik, 1991 yili “O‘rxun-Yenisey yozma yodgorliklari va turkiy eposlar munosabati” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim 1993-yilda professor ilmiy unvonini olgan. Nasimxon Rahmon shuningdek, ikki kitobdan iborat “Oltun yorug‘” asarini o‘zbek tiliga tabdil qilib, chop ettirgan. 

Nasimxon Rahmon Turkiyaning Yangi Turkiya strategik tadqiqotlar instituti mukofoti (2017), Ostona shahrida joylashgan Xalqaro Turkiy Akademiyaning kumush medali (2018) hamda Qozog‘iston xalqlari Assambleyasining Oltin medali (2020) bilan taqdirlangan. 

(Xabar.uz)

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.