InnoWeek–2025 CHEGARASIZ G‘OYALAR

«Chegarasiz g‘oyalar» shiori ostida o‘tgan InnoWeek-2025 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida universitetimizning Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Ushbu nufuzli tadbir soha mutaxassislari bilan muloqot qilish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlar bilan tanishish uchun noyob platforma vazifasini o‘tadi. Haftalik davomida ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellekt, tibbiyot texnologiyalari va biotexnologiyalar, ta’lim texnologiyalari va elektron o‘qitish, agrosanoat texnologiyalari, aqlli shaharlar, robototexnika va dronlar kabi 100 dan ortiq yo‘nalishlarda pavilyonlar faoliyat yuritdi.
Tadbir doirasida Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish kafedrasining xorijiy professori, Italiyaning Padova universiteti vakili Paolo Tarolli «Xalqaro ilm-fan kommunikatsiyalari» konferensiyasida spiker sifatida ishtirok etib, o‘zining qimmatli ma’ruzasi bilan yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Universitetimiz jamoasi ushbu xalqaro haftalikda faol ishtirok etib, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar bilan tanishish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va o‘zining ilmiy salohiyatini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
