Koreyalik olimlar tomonidan universitetimizda “RW-DEISC course for Robotics -1st Level” intensiv kurs tashkil qilindi

Joriy yilning 25-26-sentyabr kunlari “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universitetida koreyalik olimlar tomonidan “RW-DEISC course for Robotics — 1st Level” nomli intensiv kurs tashkil qilindi. Tadbir Janubiy Koreyaning Keimyung Kollej Universiteti hamkorligida tashkil etildi. Mazkur kurs “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti qoshidagi Mexatronika texnikumi ta’lim salohiyatini oshirish” (2024–2029) xalqaro loyihasi doirasida amalga oshirilib, loyiha O‘zbekistondan universitet rektori, professor Mirzayev Baxodir Suyunovich koordinatorligida olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlarni Roboticsware bosh direktor o‘rinbosari professor JeongJun Li olib bordi. Intensiv kurs davomida universitetda yaqin kunlarda ochilishi rejalashtirilgan “Raqamli Ta’lim va Innovatsiyani Qo‘llab Quvvatlash Markazi” (Digital Education and Innovation Support Centre)da faoliyatini yo‘lga qo‘yishda raqamli ta’lim, mahalla ayollari, talaba qizlar va professor ayollarni daromadlarini oshirish, ish bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va Start up loyihalar, biznes rejalarini shakllantirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berilib, shuningdek, markaz va mexatronika texnikumini tashkil qilishga bag‘ishlangan mazkur kurs Axborot-resurs markazida tashkil qilindi.
Dasturga ko‘ra, 1-kuni ishtirokchilarga kodlash asoslari, blok kodlash mashg‘ulotlari hamda NeoSoCo platformasida fizik hisoblash bo‘yicha kirish darslari taqdim etildi. 2-kuni esa NeoSoCo va Arduino tizimlari asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yakuniy vazifa sifatida amaliy mashg‘ulotlar hamda sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda jami 22 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan DEISC markazi faoliyati bo‘yicha mas’ul loyihaning rasmiy a’zosi dotsent Go‘zal Eshchanova va Mexatronika Texnikumi bo‘yicha mas’ul Prof.Rustam Baratov, shuningdek universitetimiz professor-o‘qituvchilaridan Akbar Gapparov, Farrux Ko‘charov, Yoqub Chulliyev, Abror Pardayev, Murodjon Begmatov, Almardon Mustafoqulov, Almuxon Nuraliyev, Muslimaxon Muminova, Aktam Denmukhammadiyev, Anvar Djalilov, Yolqin Adilov, Erkin Sobirov, Farkhod Makhmudov, Sitora Abdurahmonova, Diora Abduvoitova, Feruz Nuriddinov, Fayozbek Shamsiddinov, Laziz Xojamurodov, Akmal Yoqubjonov va Otabek Khasanovlar qatnashishdi.
Ushbu kurs universitetimizda raqamli ta’limni mustahkamlash, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning innovatsion g‘oyalarini ilgari surish, ayniqsa ayollar va qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga xizmat qildi. Ishtirokchilar trening davomida egallagan bilim va ko‘nikmalar keyinchalik ta’lim jarayoniga, ilmiy hamkorlikka hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishini ta’kidladilar.
Mazkur tashabbus “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirish va robototexnika hamda raqamli ta’lim sohalarida yetakchi oliygoh sifatida mavqeini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadami bo‘ldi.
