9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MUSIQA– QALB SHIFOKORI

notiq.uz > Yangiliklar  > MUSIQA– QALB SHIFOKORI

MUSIQA– QALB SHIFOKORI

Vokalo terapiya orqali xorijiy talabalarni emotsional qo’llab-quvvatlash, ularning yangi muhitda o’qish va yashash jarayonida duch keladigan stress, tushkunlik, izolyatsiya va til to’siqlarini yengishga ko’maklashish, shuningdek ularning adaptatsiya jarayonini yengillashtirishni maqsad qilgan holda 2025-yil 22-sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixolodi hamda Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova tomonidan Yer resurslari va kadastr fakulteti 1-kurs 109-guruh talaba yoshlari bilan “Musiqa – qalb shifokori” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Tadbir vazifalari:

Vokalo terapiya usullari orqali talabalarning ichki xissiy holatlarini barqarorlashtirish;

Ularda ijobiy emotsional holatni shakllantirish;

Guruh ichidagi muloqotni yaxshilash;

Ijtimoiy adaptatsiya jarayonini tezlashtirish.

Tadbirning 1 -bosqichida: ishtirokchilar bilan tanishuv (ism, mamlakat, qiziqishlari),»Muzni eritish» mashqlari o’tkazildi.

2-bosqichda:Vokalo terapiya haqida qisqacha ma’lumot hamda ovoz va nafas mashqlari; 

Tana va ovoz bog’liqligi — ovoz orqali ichki holatni ifodalash; 

«O’z ovozim orqali o’zimni topaman» mashqi; 

Jonli vokal orqali hissiyotlarni bayon etish bo’yicha trening mashg’ulotlari tashkil etildi.

Trening natijalari:

Talabalar o’z hissiyotlarini ifoda etish va boshqarish borasida amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

O’zaro muloqot qilish va guruhda ishlash qobiliyati oshdi.

Yangi muhitda o’zini erkin tutish, stressni yengish bo’yicha ishonch paydo bo’ldi.

Vokalo terapiya orqali emotsional zo’riqishdan xalos bo’ldilar.

Mazkur vokalo terapevtik trening xorijiy talabalar uchun nafaqat emotsional yengillashish, balki madaniy moslashuv va ijtimoiy integratsiya uchun muhim qadam bo’ldi. Ishtirokchilar faol qatnashib, o’z his-tuyg’ularini erkin bayon etish imkoniga ega bo’ldilar. Trening davomida olingan bilim va ko’nikmalar ularga nafaqat o’qish jarayonida, balki kundalik hayotda ham katta yordam beradi.

Universitet xormeysteri M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.