MANA IKKI YIDIRKI UNIVERSITETDA XORIJILIK TALABALAR TAHSIL OLISHI YUQORI DARAJADA YO’LGA QO’YILGAN

«Yer resurslari va kadastr» fakulteti ham «biologiya» yo‘nalishi bo‘yicha yuzlab Turkmanistondan kelgan talabalarning ta’lim olishini ta’minlamoqda.
19- sentyabr kuni 101 -102-103-guruhlardan iborat mehmon talabalarimizning ma’naviy ma’rifiy tadbirlar rejasiga ko‘ra poytaxtimizdagi eng nufuzli joylarga, madaniy meros obyektlariga sayohati tashkillashtirildi.
«Adiblar xiyoboni» da kechgan suhbat sayohatimiz chin ma’noda ularning hayrati va quvonchiga sabab bo‘ldi.
«Ilk metroga tushish» hayajonlari, shahar go‘zalligidan bahramand bo‘lish quvonchi, do‘stlik va birdamlik hislari, bularning barchasi bolajonlarimizning so‘z, ko‘zlarida aks etib turdi.
Ular bilan o‘tgan bu sayohatim o‘zim uchun ham yangi yangi g‘oyalarimning yaratilishiga asos bo‘ladi Xudo xohlasa.
Bunday sayohatlarimiz hali davom etadi.
«Yer resurslari va kadastr» fakulteti tyutori Abdullayeva Oliya
Universitet axborot xizmati