9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

ERON POYTAXTI TEHRON SHAHRIDA BO’LIB O’TGAN MUSTAFA PRIZE MUKOFOTI

notiq.uz > Yangiliklar  > ERON POYTAXTI TEHRON SHAHRIDA BO’LIB O’TGAN MUSTAFA PRIZE MUKOFOTI

ERON POYTAXTI TEHRON SHAHRIDA BO’LIB O’TGAN MUSTAFA PRIZE MUKOFOTI

☘️»TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetining iqtidorli talabalari Eron poytaxti Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli 🏆 «Mustafa Prize» mukofotida O‘zbekiston delegatsiyasi sifatida ishtirok etdi.

  • 🟢O‘zbekiston va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikning ifodasi sifatida Universitetimiz talabalari nufuzli «Mustafa Prize» mukofotida ishtirok etish uchun Eronga muhim safar qilishdi.
  • 🟢Marosim davomida «TIQXMMI» Milliy tadqiqot universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasining milliyligi va madaniyatini namoyon etgan holda faxriy delegatsiya maqomiga sazovor bo‘ldi.
  • 🟢»Mustafa Prize» Islom olamidagi eng muhim ilmiy mukofotlardan biri bo‘lib, bilim almashish, ilg‘or yutuqlar, fan va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
  • 🟢Talabalarimizning ushbu tadbirda ishtirok etishi O‘zbekistondagi yosh olimlar va muhandislarning yuqori darajada ildamlab borayotganining yaqqol isboti bo‘ldi ↗️
  • 🟢Eronga tashrif davomida talabalarimiz mamlakatning siyosiy va ilmiy elitasi vakillari bilan bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, barqaror rivojlanish va innovatsiyalarga qaratilgan qo‘shma loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.
  • 🟢Delegatsiya a’zolarida «Pardis» innovatsiya parkiga tashrif alohida taassurot qoldirdi. 

  Ma’lumot o‘rnida, «Pardis» texnoparki Erondagi axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi markazlardan biri hisoblanadi. 

  Iqtidorli talabalarimiz «Pardis»da amalga oshirilayotgan ilg‘or ishlanmalar va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishishdi. Bu, albatta, O‘zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirishga turtki bo‘ladi.

  • 🟢Shuningdek, yana bitta muhim uchrashuvlardan biri  Tehron shahrining Sheyh Bahel mavzesida joylashgan Millatlar Diplomatiyasi tahlil markazida bo‘lib o‘tdi. Markazda Eron Siyosiy Fanlar Ittifoqining Bosh kotibi hamda Millatlar Diplomatiyasi Fikr Markazining asoschisi va Vasiylik kengashi raisi Sayed Muhammad Ali Sayidhanae va uning jamoasi bilan yaqindan tanishib, ikki tomonlama muzokaralarga kirishishdi.

  Iqtidorli talabalarimizning «Mustafa Prize» mukofotida ishtirok etishi va o‘tkazilgan uchrashuvlar xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi innovatsiyalar va ta’lim markazi sifatida targ‘ib qilishda muhim qadam bo‘ldi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.