«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti jamoasi tomonidan Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbir davomida ishtirokchilar tarixiy haqiqatlarni yodga oldilar, vatan ozodligi va xalq tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasi yod etildi. Shuningdek, universitet professorlari talaba-yoshlar uchun asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishning muhimligi haqida ma’ruzalar qildilar.
Universitet rektori o‘z nutqida qatag‘on qurbonlarining millat tarixi va ma’naviyatida tutgan o‘rniga to‘xtalib, ta’kidlab o‘tdi:
“Qatag‘on qurbonlarining hayotidan olinadigan eng muhim saboq — bu haqiqat va adolat yo‘lida jasur bo‘lish, hech qachon milliy qadriyatlardan chekinmaslikdir”, — dedi Bahodir Mirzayev
