HAMKORLIKDAN HAMJIHATLIKKA

Mana ikki yildirki, universitetimizda Turkmaniston yoshlari talabalarimiz safida tahsil olmoqda. Bu ikki xalq qadim qadimdan bir biri bilan qavm-u qarindoshlikni davom ettirishmoqda. Bu nafaqat qarindoshlikda quda andalikda balki ta’limda ham o‘z aksini topmoqda desam mubolag‘a bo‘lmaydi. 16-sentyabr kuni «TIQXMMI»- Milliy tadqiqot universiteti, Yer resurslari va kadastr fakultetiga kelgan Turkmanistonlik talabalarga O‘zbekistonga o‘qishlari uchun yetarli shart sharoitlar yaratish maqsadida bank plastik kartalari bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yildi. Davr bank xodimlari tomonidan «sayyor xizmatlar» tashkil etildi.Ularning nomiga ota onalari tomonidan ta’minot uchun pul tashlashga viza kartalar va oddiy plastik kartalar rasmiylashtirildi.
O‘ylaymizki, bunday imkoniyatlar talabalarimizning ham vaqtini, ham naqdini tejaydi. Ayniqsa hali poytaxtimiz bilan tanishib ulgurmagan talabalarning og‘iri yengil bo‘ldi desak adashmaymiz.
Universitet matbuot xizmati
