IlMIY SEMINAR : TAYANCH DOKTORANTNING IZLANISHLARI MUHOKAMA QILINDI

2025-yil 17-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tayanch doktoranti Hushnazarova Dilnoza Raxmanovna o‘zining “Sinergetik yondashuv asosida matolarni oqartirish jarayonini boshqarish tizimining sintezi” mavzusidagi dissertatsiya ishini taqdim etdi.
Mazkur ilmiy taqdimot TIQXMMI MTUda tashkil etilgan 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish ixtisosligi bo‘yicha ilmiy seminarda tinglandi.
Seminarda doktorantning ilmiy izlanishlari keng muhokamaga tortilib, taqdim etilgan ishning nazariy asoslari, ilmiy yangiliklari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari atroflicha yoritildi. Shuningdek, matolarni oqartirish jarayonida zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha keltirilgan yechimlar ishtirokchilar e’tiborini tortdi.
Seminar a’zolari tomonidan ishning mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar bildirildi. Mutaxassislar bu ilmiy izlanishning kelgusida yengil sanoat sohasida texnologik jarayonlarni samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.