9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

FIDOYI, FAOL AYOL XOTIRASIGA

notiq.uz > Yangiliklar  > FIDOYI, FAOL AYOL XOTIRASIGA

FIDOYI, FAOL AYOL XOTIRASIGA

O‘zlarining butun faoliyati davomida Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va o‘z kasbiga bo‘lgan yuksak sadoqati bilan faxrli mehnat namunasini namoyon etgan xotin-qizlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Ular haqida so‘z ketganda, << MEHNAT SHUHRATI >> VA »FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN»ORDENLARI,<< O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO’RSATGAN QISHLOQ XO’JALIGI XODIMI>> FAXRIY UNVONLARI SOHIBASI SHAKARJON XO’JANIYOZOVAning nomlarini alohida tilga olish faxrlidir. Og‘ir va mas’uliyatli rahbarlik vazifasini sidqidildan bajarib, har ikkala Prezidentimiz ehtiromini qozongan, ko‘plab insonlarga hayotda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan, qo‘llab-quvvatlagan va ilhom bag‘ishlagan fidoyi ayol sifatida u bir umr xotiramizga muhrlangan.

Mehnatsevarligi, olijanob fazilatlari, halollik va fidoyilik bilan ishga yondoshgani yosh avlod uchun namuna bo‘lib xizmat qilishi tabiiy.

Oliy ta’lim muassasamizning 1972–1977 yillarda tahsil olgan sobiq talabasi sifatida Shakarjon Yusubovna bizning faxru iftixorimizdir desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. U talabalik paytidayoq o‘zining tirishqoqligi, izlanuvchan va bilimdonligi bilan ajralib turgan, hatto, sobiq Lenin nomidagi stipendiya g‘olibasi ham bo‘lgan.

Shakarjon Yusubovna o‘zining bilimga chanqoqligi, mehnatsevarligi va vijdonan faoliyati bilan nafaqat o‘z hamkasblari, balki ko‘plab shogirdlari va yosh avlod uchun ham chinakam ibrat bo‘lgan. Uning hayot yo‘li va kasbiy faoliyati bugungi kunda ham xotiralarda qadrlanadi va ulug‘lanadi.

U kishining ezgu nomi, samimiy fazilatlari va fidoyilik bilan o‘tgan hayoti universitetimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Tirikligidayoq o‘ziga haykal qo‘ya olgan sobiq talabamiz uchun universitetimiz muzeyida alohida burchak ajratilgan bo‘lib talabalarimiz kun ora kirib ularning shonli hayot yo‘lidan ibrat olishmoqda.

Yuksak ma’naviyatli, fidoyi ayolning muborak 70 yilligi munosabati bilan chuqur ehtirom va samimiy minnatdorlik tuyg‘ularini izhor etamiz.

Uning muborak xotirasi oldida bosh egamiz. Fursatdan foydalanib ushbu tadbirning tashabbuskor va tashkilotchilariga o‘zimning samimiy minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

MIRZAYEV BAHODIR SUYUNOVICH

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.