9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SHAVKAT MIRZIYOYEV RASMIY TASHRIF BILAN BAAGA JO’NAB KETDI

notiq.uz > Yangiliklar  > SHAVKAT MIRZIYOYEV RASMIY TASHRIF BILAN BAAGA JO’NAB KETDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV RASMIY TASHRIF BILAN BAAGA JO’NAB KETDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Amirliklar poytaxti Abu-Dabi shahrida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Prezidenti «Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi» xalqaro sammitida ham ishtirok etadi.

Shuningdek, davlat rahbari Dubay shahriga tashrif buyurib, Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amiri Shayx Muhammad Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazadi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.