9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

YUTUQLARIMIZ BARDAVOM BOʻLSIN!

notiq.uz > Yangiliklar  > YUTUQLARIMIZ BARDAVOM BOʻLSIN!

YUTUQLARIMIZ BARDAVOM BOʻLSIN!

 Taʼlim muassasasining muvaffaqiyati jamoaning faoliyati va ilmiy-pedagogik salohiyati bilan chambarchas bogʻliq. Xuddi shu maʼnoda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetimizning “Science and Innovation Awards–2024” ning “Yilning eng yaxshi Oliy taʼlim muassasa” nominatsiyasi gʻolibi boʻlganligi ham eʼtiborga molik. Kuni kecha universitetimizning ilmiy kengashida ana shu yutuqning “Turkiston” saroyida tantanali ravishda eʼlon qilingani eʼtirof etildi. «Science and innovation» kompaniyasi ta’sischisi va bosh direktori Rustamov Baxtiyor Normamatovich ilmiy kengashda qatnashib,  ushbu yutuq bilan dastavval,  universitet rektori Bahodir Mirzayevni samimiy qutladi. Soʻngra Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor, professor Abduhakim Salohiddinov “Yil olimi” gʻolibi boʻlgani hamda “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi mudiri,  texnika fanlari doktori,  professor Dilshod Qodirov esa “Yilning eng yaxshi yosh olimi” nominatsiyasi bilan taqdirlangani eʼlon qilindi. Gʻoliblik sertifikatlarini Baxtiyor Rustamovolqishlar asosida egalariga topshirdi. Ilmiy kengashda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti hamda “Science and innovation” kompaniyasi  Oʻzbekistonda ilm-fanni yanada rivojlantirish, olimlarni va yosh tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish, olimning jamiyatdagi mavqeyini oshirish, ilmiy konferensiyalarni yanada kengroq koʻlamda tashkil etish orqali ilm-fan sohasi jozibadorligini  oshirish va yoshlarni ilm-fanga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida memorandum ham imzolandi. Memorandum talablariga muvofiq yil davomida tashkil etiladigan nufuzli ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar va forumlarni hamkorlikda tashkil etish,  har yil soʻngida “Science and innovation awards” tadbirini hamkorlikda  tashkil etish,  “Oʻzbekistonning taniqli olimlari” ensiklopediyasini nashr etishda hamkorlik qilish,  “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali tahrir hayʼatini shakllantirishda Universitet professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ishlash kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi. Shuningdek,  universitet xodimlari tomonidan tayyorlangan oʻquv qoʻllanma, monografiya, darsliklar va boshqa turdagi ishlanmalarni nashr qilishda “Science and innovation” nashriyoti tomonidan amaliy yordam berishni tashkil qilish,  Universitet jurnallarini xalqaro ilmiy bazalarda indekslash orqali, xalqaro standartlarga moslashtirish va nufuzini oshirishda hamkorlik qilish bo‘yicha ham kelishildi. Jamoamizga yutuqlar va muvaffaqiyatlar doim yor boʻlishini tilaymiz.          Universitet matbuot xizmati

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.