9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

 “BAGʻRIKENGLIK HAFTALIGI” DOIRASIDAGI UCHRASHUV

notiq.uz > Yangiliklar  >  “BAGʻRIKENGLIK HAFTALIGI” DOIRASIDAGI UCHRASHUV

 “BAGʻRIKENGLIK HAFTALIGI” DOIRASIDAGI UCHRASHUV

     
 Maʼlumki, “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” (International Day for Tolerance) har yili 16-noyabrda nishonlanadi. BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1996 — yilda eʼlon qilingan bo‘lib, bu kunning maqsadi — dunyodagi insonlarni oʻzaro bagʻrikenglikka, turlicha fikr va qadriyatlarga ehtirom bilan qarashga chaqirishdir. Har bir insonning madaniyati, irqi, dini va tilga qaramasdan oʻzaro tushunish va bagʻrikenglikni targʻib qilish muhim.
Bu kun, va uning targʻiboti, jamiyatlarda tinchlik, hamjihatlik va barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetiда 2024 — yilning 29 — noyabr kuni universitetda “Biz birmamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “Diniyma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik – jamiyatbarqarorligi sharti” mavzusida davra suhbati tashkiletildi.
Mazkur tadbirda Respublika Turkman milliymadaniyat markazi faoli,  Xalq ta’limi a’lochisi, Xalqta’limi fidoyisi Shirinjon Abdullayeva, Universitetmatbuot kotibi R.Jumaniyazov, Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Sh.Raxmonov, Yoshlar bilan ishlash vama’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Norimovlar ishtirok etishdi. Tadbirda 200 nafarga yaqish turkman va o‘zbek talabalari qatnashishdi.
Shirinjon Abdullayeva O’zbekiston va Turkmaniston xalqlarining o‘zaro birligi, madaniyati, adabiyoti va san’atining mushtarakligi, tarixiy teran tomirlarining tutashligi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Ular orasidagi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik rishtalari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yanada mustahkam bo‘lganligini qayd etib o‘tdi. Universitetimizda tahsil olayotgan 400 ga yaqin turkmanistonlik talabalar nomidan Hayitgul va Nafisa ismli qizlar o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, jamiyattaraqqiyoti va farovonligi millatlararo, dinlararo o‘zarobag‘rikenglik va totuvlik hamisha muhim ahamiyatkasb etadi. Mustaqil o‘lkamiz – O‘zbekistonda 130 danortiq millat va elat vakillari turli dinlarga e’tiqodqiluvchi xalqlar bo‘lib, ular tinch-omon, ahil-inoqyashab kelmoqdalar. Ana shu ezgulik va tinchlik-osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikengliktamoyillarini yanada mustahkamlash varivojlantirishga diyorimizda alohida e’tibor qaratibkelinmoqda. Hozirda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqatdindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolarihamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag‘rikengliktinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obodvatan qurishning muhim shartidir.

 
Shuningdek, Respublika oliy ta’lim muassasalarida“Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “Diniy ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik – jamiyatbarqarorligi sharti” mavzularida ilmiy-amaliy vama’rifiy tadbirlar, “Millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik– umrboqiy qadriyatlar” mavzusida davra suhbatlaritashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
 
Universitet matbuot xizmati
 
 

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.