9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Bolalar uylarida «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi – Prezident farmoni

notiq.uz > Yangiliklar  > Bolalar uylarida «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi – Prezident farmoni

Bolalar uylarida «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi – Prezident farmoni

2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida «Onalar maskani» xizmati yo‘lga qo‘yiladi.Bu borada «Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-185-son farmon qabul qilindi. «Onalar maskani»da:onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi;Bundan tashqari, ushbu hujjat bilan «Mehr daftari» jamg‘armalari tugatiladi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.