9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

YANGI TARKIB YANGI TARTIB BILAN

notiq.uz > Yangiliklar  > YANGI TARKIB YANGI TARTIB BILAN

YANGI TARKIB YANGI TARTIB BILAN


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi nutqi haqida)
 
Davlatni samarali boshqarish, qonun chiqarish jarayonini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va xalq manfaatlarini himoya qilish, shu xususdagi qonun va qarorlarni qabul qilish, xalq va davlatni tashkillashtiruvchi organ sifatida Senatning alohida oʻrni bor.
Yaqinda Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisida xuddi shu masalalarga eʼtibor qilindi.
Prezident hukumatning, vazirlik va idoralar, joylardagi hokimlar, butun davlat boshqaruvi tizimining asosiy vazifasi – islohotlar doirasida qabul qilingan ushbu dasturiy hujjatlar ijrosini qatʼiy taʼminlash, real natijadorlikka erishishdan iborat ekanini alohida uqtirib bu borada koʻp muammoli masalalar mavjudligini eʼtirof etdi.
Nutqda xalq xoʻjaligi va sanoatning turli jabhalaridagi yutuq va kamchiliklar aniq raqamlar asosida keltirildi. Odatda,  koʻpgina masalalar qogʻozlarda “bajarilib”, amalda esa yoʻqligidan koʻz yumib boʻlmasligi ham taʼkidlandi. Endilikda hukumat tizimidagi yangi tarkibning yangi tartib bilan ishlashi davr taqozosi. Shuning uchun ham nutqda yangi baholanish mezoni qatʼiy talablar bilan qoʻyildi. “Endi har bir topshiriqning ijro etilgani qogʻozga qarab emas, erishilgan pirovard natijaga qarab baholanadi”-dedi Prezident.
Tabiiyki, bu masalalar yechimi tartib-intizom bilan bogʻliq. Prezident bu borada ham oʻz mulohazalarini bildirib oʻtdi. “Barcha darajadagi ijro organlarida intizomni kuchaytirish, belgilangan vazifa va topshiriqlar natijadorligini tanqidiy tahlil qilishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish zarur.”
Davlatimiz rahbari taʼkidlashicha, Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi bir oy muddatda ijroni nazorat qilish borasidagi yondashuvlarini tubdan takomillashtirilishiga, Vazirlik va idoralarning quyi tuzilmalari bilan birgalikdagi faoliyati ustidan vertikal nazorat ham eʼtibordan chetda qolmasligi kerak.  
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan, lekin yigʻilmasdan va real muhokama oʻtkazmasdan qaror qabul qiladigan komissiya va ishchi guruhlarni tugatish vaqti yetganligi ham oʻrinli eʼtirof etildi.
Ayniqsa, elektron portal, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifalar tashkil etib, aholi bilan “qayta aloqa” tizimini yoʻlga qoʻyish masalasi faoliyatimizning sifati va natijadorligiga sabab boʻlishi aniq.
Har qanday faoliyatning sifati, samarasi va natijadorligi esa, tabiiyki, ushbu mezonlarni bilish va amal qilish bilan bogʻliq.
Avvalo, faoliyatni tashkil etuvchilarning sohaviy bilim va koʻnikmalari yetarli boʻlishi kerak.
Ikkinchidan, resurslar va imkoniyatlar – zarur resurslar (moliyaviy, moddiy, inson) mavjudligi va ularni samarali taqsimlanishi lozim.
Uchinchidan, unumdorlik va tartib – faoliyatning rejalashtirilishi, unumdorlik va refleksiv tizimlarning ishlashi zarur.
Toʻrtinchidan, motivatsiya, ruhlantirish va jamoaviy ishlash, oʻzaro yuksak ishonch va birlikda ishlash kerak.
Beshinchidan, maqsadlar va strategiya aniq boʻlishi hamda strategik yondoshuv faoliyatni toʻgʻri tashkil qila olishimiz kerak.
Oltinchidan, qabul qilingan qarorlar va harakatlar tezligi – qarorlarning toʻgʻri va vaqtli qabul qilinishi natijalarni hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bular eʼtiborga olingan holda, qilingan harakat sifat, samara va natijadorlikning muhim tamoyilidir.
Davlatimiz rahbari qatʼiy ishonch va umid bilan oʻz nutqini  “Vatanimiz taraqqiyoti yoʻlida bir tanu bir jon boʻlib, belni mahkam bogʻlab harakat qilish” zarurligini eʼtirof etish bilan yakunladi.
Senatda koʻtarilgan masalalarni chuqur idrok etish asnosida ishga kirishish Yangi Oʻzbekiston sari dadil va qutlugʻ qadam boʻlishi muqarrar. Endilikda gap senat saboqlari hammamizga yoʻllanma va qoʻllanma boʻlishida.
 
Rahimboy Jumaniyozov
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti professori.
 
 
 
                         

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.