Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirishga e’tibor kuchaytiriladi – Prezident
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan majlisda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun butun dunyo nihoyatda notinch va tahlikali vaziyatda davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqning tinch va erkin hayotini eng bebaho boylik sifatida asrash va himoya qilish muhim vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.«Hech qachon unutmasligimiz zarur: mamlakatimiz xavfsizligi, yurtimiz mudofaasi nafaqat Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish idoralari, balki O‘zbekistonni o‘zi uchun ona Vatan deb biladigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha insonlarning muqaddas burchidir.Buning uchun yagona Vatan, ko‘p millatli yagona ahil oila tuyg‘usi har birimizning qalbimiz, yuragimizdan chuqur joy olishi lozim», — dedi Prezident.Dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda Qurolli Kuchlarimizning jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga e’tibor yanada kuchaytirilishi belgilandi.