11
Ноябрь
0
Comments
Prezident Mirziyoyev Ar-Riyoddagi xalqaro aeroportda kutib olindi
in Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi.Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.